Pedagoglarni qanday yangiliklar kutayotgani aytildi

Bugun, 28-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga doir Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tafsiloti”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov, vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga doir Hukumatning ayrim qarorlariga qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida ma’lumot berildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga kiritilayotgan tegishli o‘zgartirishlarga binoan, joriy yildan boshlab davlat maktabgacha va umumta’lim tashkilotlarining psixolog kadrlari ham attestatsiyadan o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Sertifikatga ega bo‘lgan boshqa fan o‘qituvchilariga ham attestatsiyada ball beriladi
Endlikda chet tili fani o‘qituvchilari bilan bir qatorda kamida B+ darajadagi umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikatga ega fan o‘qituvchilari ham (boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari bundan mustasno) malaka sinovlarining birinchi bosqichidan ozod etilib, maksimal (80) ball beriladi (ammo ikkinchi bosqich sinovida ishtirok etishlari lozim).
Pedagoglarga 70 foizlik ustama beriladi
Attestatsiyadan o‘tkazish tizimi vakolatli xorijiy tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkazilgandan so‘ng, attestatsiyada 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga bazaviy tarif stavkasining 70 foiz miqdorida ustama belgilanadi.
Bunda qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga ikki yil davomida beriladi.
Musiqa va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari ikki bosqichli attestatsiyadan o‘tkaziladi
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun birinchi bosqich (test) sinovlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy (ijodiy) sinovlari Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun birinchi bosqich (test) sinovlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) sinovlari Sport vazirligi tomonidan tashkil etiladi.
Pensiya yoshidagi o‘qituvchilar ham majburiy attestatsiyaga jalb etiladi
Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, attestatsiyadan o‘tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar 2025-yil 1-martga qadar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi bo‘yicha haq to‘lanadi:
- oliy malaka toifasiga ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan;
- pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;
- yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan;
- pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan.
Shuningdek, quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga belgilangan muddatga qadar to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifasi beriladi:
- pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan;
- yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi;
- oliy malaka toifasiga ega bo‘lganidan so‘ng ushbu toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi.
2025-2026 o‘quv yilidan boshlab ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani pedagoglari, pensiya yoshidagi pedagoglar hamda oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglar belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Pedagoglarga vazir ustamasi berish tartibi o‘zgartirildi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, kelgusi yildan boshlab Vazir jamg‘armasidan ustama olish uchun da’vogarlar, avvalgi yilda o‘tkazilgan malaka sinovlarining birinchi bosqichida umumiy ballning kamida 80 foizini qo‘lga kiritgan fan o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari orasidan o‘rnatilgan tartibda tanlab olinadi.
Matbuot anjumani davomida ta’limga doir boshqa savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javob berib o‘tildi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Attestatsiya ishi bo‘yicha uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakunlandi

Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Mavzuga doir yangiliklar

Matbuot anjumanisiz o‘tayotgan bir yil
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bir yildan beri jamoatchilik bilan ochiq muloqot qilgani yo‘q.

Bu yil 202 ming nafardan ortiq pedagoglar attestatsiyada ishtirok etadi
Attestatsiyaga 243 ming 541 nafar pedagoglar onlayn ariza topshirib, ularning 202 ming nafardan ortig‘i ishtirok etishi kutilmoqda.

"Kasbiy rivojlanish kuni" qanday tashkil etiladi? Vazirlik ma’lumot berdi
"Kasbiy rivojlanish kuni" tadbirlari mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
Izohingizni tahrirlang