Top.Mail.Ru
23 ming nafar maktab bitiruvchilari hali ham pasport olmagan

23 ming nafar maktab bitiruvchilari hali ham pasport olmagan

11:40 / 01.04.2025 230

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlarini eslatdi.


Ma’lumki, abituriyentlarning OTMga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish jarayonida bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. 


Ushbu jarayonda bitiruvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron ma’lumotlar bazasi Bilim va malakalarni baholash agentligining ABITUR elektron dasturi bilan integratsiya qilingan.


Shu sababli, 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarur.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 450 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning pasport ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.


Shuning uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlarini so‘ramoqda.

“Hurmatli ota-onalar, aziz bitiruvchilar, farzandingizning Konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda, o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishini ta’minlashingizni, maktab ma’muriyatidan esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini elektron bazaga kiritib, ularning kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishingizni  so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Javobgarlik
  • Fuqarolik pasporti

Ulashish