Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari jinoyat ustida qo‘lga olindi

Bog‘cha direktori hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i jinoyat ustida qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Olmazor tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga mansabdor tanishlari orqali Shayxontohur tumanida joylashgan 4 ta umumta’lim maktabining futbol maydonlarini auksion orqali ijaraga olib berish evaziga 8500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda MTT rahbariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi bilan o‘zaro til biriktirgan holda, maktabda faoliyat yurituvchi o‘qituvchini tumandagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga undan 15 mln. so‘m talab qilib, ushbu pul mablag‘ini bosh mutaxassis orqali olgan vaqtida DXX, IJQKD va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

23 ming nafar maktab bitiruvchilari hali ham pasport olmagan

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi
Mavzuga doir yangiliklar

23 ming nafar maktab bitiruvchilari hali ham pasport olmagan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishlarini eslatdi.

O‘z vaqtida pasport olmagan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rsa bo‘ladimi?
Bitiruvchilarning 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmagan.

Bolalarni ta’limga jalb etmay, tilanchilik qilgan ona javobgarlikka tortildi
1989-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining uch nafar voyaga yetmagan farzandlaridan foydalanib, tilanchilik bilan shug‘ullanganligi aniqlandi.

O‘qituvchiga o‘lim bilan tahdid qilindi, nega hamma jim?
O‘qituvchini kaltaklanib, uni o‘ldirish bilan tahdid qilindi
Izohingizni tahrirlang