Ba’zi platformalarda bolalarni zararli kontentdan himoya qilish choralari kuchaytiriladi
Meta kompaniyasi bolalar va o‘smirlarning xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda. Kompaniya Instagram tarmog‘ida 16 yoshga to‘lmagan yoshlarning ota-onalar ruxsatisiz ilovaning “Jonli efir” funksiyasidan foydalanishni taqiqlamoqchi.
Bundan tashqari, Meta 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun xavfsizlik choralarini Facebook va Messenger platformalariga ham kengaytirmoqda.
Shuningdek, o‘smirlar, kattalar ruxsatisiz shaxsiy xabarlarida noqonuniy kontent bo‘lgan rasmlarni xiralashtiradigan funksiyani ham o‘chira olmaydi.
Meta kompaniyasining ta’kidlashicha, butun dunyo bo‘ylab 18 yoshgacha bo‘lgan 54 million o‘smir Instagram akkauntlaridan foydalangan. Shu o‘rinda, 13 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lganlarning 90 foizdan ortig‘i o‘zlarining standart cheklovlarini saqlab qolgan.
Mazkur yangilik Buyuk Britaniya "Onlayn-xavfsizlik to‘g‘risida"gi qonunni joriy etayotgani munosabati bilan e’lon qilindi.
Ma’lumot uchun: Buyuk Britaniyada joriy qilingan Qonunga ko‘ra joriy yil mart oyidan boshlab Facebook, Google va X’dan tortib Reddit va OnlyFans’gacha bo‘lgan 100 000 dan ortiq xizmatlarni qamrab olgan har bir veb-sayt va ilova Buyuk Britaniya qonunchiligi doirasida bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik, firibgarlik va terrorizm kabi noqonuniy kontentning paydo bo‘lishini to‘xtatish yoki agar u tarmoqqa tushsa, uni olib tashlash choralarini ko‘rishi lozim.
Qonun, shuningdek, bolalarni zarar yetkazishdan himoya qilish qoidalarini o‘z ichiga oladi va texnologik platformalardan voyaga yetmaganlarni o‘z joniga qasd qilish va o‘z-o‘ziga zarar yetkazish kabi zararli kontentdan himoya qilishni talab qiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari Prezident administratsiyasi va Sport vazirligiga murojaat yo‘lladi
O‘qituvchilar uchun attestatsiya to‘lovi 50 foizga arzonlashdi
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
20-iyundan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Qozog‘iston ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
Qozog‘iston Madaniyat va axborot vazirligi 16 yoshga to‘lmagan bolalar va o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Yangiliklar
Yana ikkita mamlakat hukumati bolalarga ijtimoiy tarmoqni taqiqlamoqchi
Endilikda Malayziya hamda Daniya hukumati ham bolalarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Maqola
O‘zbekiston maktablarida mobil telefonlardan foydalanish 13 yil avvalgi norma bilan tartibga solinmoqda
O‘zbekiston Hukumati ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha yangi taqiqlar joriy etishni o‘ylab ko‘rganicha yo‘q.
Xorij ta'limi
Bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish butunlay taqiqlandi — Avstraliya
Dunyoda birinchi bo‘lib Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish rasman taqiqlanadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang