Nihoyat, vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Xabaringiz bor, joriy yilning 27-may kuni xalqtaliminfo.uz saytida hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan bu yil pedagog va rahbar xodimlar mehnat ta’tiliga chiqmasligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berilayotganligi, hatto ular haftaning yakshanba kunlari ham “Dolzarb 90 kun” tadbiri bo‘yicha ishlarga jalb qilinayotganligi haqida xabar bergandik.
“Endi o‘qituvchilar yozgi ta’tilda ham ishlaydimi?” nomli maqolamizda “Dolzarb 90 kun” tadbirlari sabab pedagoglarning mehnat huquqlari buzilishi mumkinligiga ham alohida e’tibor qaratib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oldiga bir qancha savollarni ko‘ndalang qo‘ygandik.
Shuningdek, xalqtaliminfo.uz tahririyati tomonidan joriy yil 2-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” tadbirlarining huquqiy asosi va amalga oshirish tartibi, shuningdek ushbu tadbirlar pedagog xodimlarning yillik mehnat ta’tili davomida ularning dam olish huquqlariga zid kelmasligini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikka asoslangan izohlarni taqdim etishni so‘rab, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov yuborilgandi.
O'zbek