Bu yil rahbar xodimlarga dars berilmaydimi?
Savol
“Rayono” boshlig‘imiz bu yil birorta ham direktor, “zavuch” va “zamdirektor”ga dars berilmasligi, buni shaxsan o‘zi nazorat qilishi haqida ko‘rsatma beryapti. Uning bu talabi qanchalik to‘g‘ri? Bu haqda qonunchilikda aynan nima deyilgan?
Javob
Maktablardagi dars taqsimoti “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 3271) 15-bandiga asosan amalga oshiriladi.
Nizomning 15-bandidagi ko‘rsatgichlarga muvofiq dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchining erishgan yutuqlari (malaka toifasi, ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga egaligi) inobatga olinishi lozim.
Ketma-ketlikning eng oxirida oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlariga dars berilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Nizomning 16-bandida ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etilgan.
Dars soatlarini taqsimlashda maktabda shu fan bo‘yicha mavjud dars soatlariga, shu fandan dars beruvchi o‘qituvchilar soniga, ularning ko‘rsatkichlariga qaraladi.
Jami dars soatlari o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlab bo‘lingach, rahbar xodimlarga asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l qo‘yiladi.
Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki, rahbar xodimlarga dars berilmasin, degan taqiqlovchi qoida yo‘q.
Ya’ni, ta’lim muassasasi oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlariga dars berilishi mumkin.
Yuqoridagi vaziyatda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘ining ko‘rsatmasi mutlaqo noto‘g‘ri.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘zbekiston TIMSS 2027 va PISA 2029 tadqiqotida ham ishtirok etadi
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.
So'ragan edingiz
1-4-sinfdagi “Jismoniy tarbiya” dars soatlarini boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan olib qo‘yilishi to‘g‘rimi?
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilarining ko‘plab talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarining ko‘rsatmasiga asosan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab maktablarda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dars berish huquqiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanidan dars berish huquqi beriligan.
So'ragan edingiz
Maktab maslahatchisiga dars berish masalasiga vazirlik rasmiy tushuntirish berdi
Maktab maslahatchisi lavozimida ishlayotgan xodimga Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori asosida haftasiga 10 soatgacha o‘qituvchi lavozimini qo‘shib olib borish, ya’ni shu tartibda o‘quv yuklamasi yuritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yangiliklar
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘qituvchiga qo‘shimcha dars soatlari ajratib berish evaziga 700 AQSh dollari talab qilgani uchun qamoqqa olindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang