Bu yil pensioner o‘qituvchilarga dars berilmaydimi?
Savol
Yaqinda ‘‘Rayono’’da bo‘lib o‘tgan majlisda bu yil pensioner o‘qituvchilarga umuman dars berilmasligi aytilibdi. Bu qanchalik qonuniy topshiriq?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 4-moddasida har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega ekanligi qayd etilgan.
Shuningdek, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlangan bo‘lib, jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitish hisoblanishi alohida qayd etib o‘tilgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, dars taqsimotida o‘qituvchining yoshi rol o‘ynamaydi. Bunda o‘qituvchining ta’lim sifatiga hamda u erishgan natijalariga e’tibor qaratiladi. Har qanday holatda ham o‘qituvchilarga dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida” nizom bilan belgilab berilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.
O‘qituvchi pensioner ekan, unga kamroq dars berish yoki umuman dars bermaslik kerak degan qoida yo‘q. Lekin pensioner xodimning hech qanday yutuqlari bo‘lmasa, u dars beradigan sinfning ta’lim sifati past bo‘lsa, yetarlicha ko‘rsatgichlari mavjud bo‘lmasa bu vaziyatda o‘z fanining mutaxassisi, bir qancha natijalarga erishib, malaka toifasiga ega bo‘lgan xodimga ko‘proq dars soatlari berish mumkin.
Aksincha xodim pensioner bo‘lishiga qaramay, bir qancha yutuq hamda malaka toifasiga ega bo‘lsa, u holda nafaqa yoshidagi o‘qituvchiga ko‘proq dars berish ham mumkin.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
So'ragan edingiz
Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?
Teng malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog xodimga dars soatlarini teng miqdorda, ya’ni dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
“Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan dars berishga ruxsat etiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang