Pedagoglar uchun pensiya yoshini 50 yoshgacha qisqartirish taklifi berildi
“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov ta’lim muassasalaridagi faoliyatni og‘ir ekanligidan kelib chiqib, pensiya yoshini 50 yoshgacha qisqartirish taklifini ilgari surmoqda.
“50 yoshdan keyin o‘qituvchiga beraylik pensiya, dedik, aytdik. Nimaga? O‘qituvchi tamom bo‘ladi. “Lyotchikka” berasiz, 45 yoshdan keyin, maxsus xizmat xodimlariga berasiz, 45 yoshdan keyin. Pensiyani berib yuborasiz. [Ijtimoiy agentlik, sizlarni qiziqtiradigan narsa]
Nimaga? Ular og‘ir sharoitda ishlagani uchun. Pedagog og‘ir sharoitda ishlamaydimi? Pedagogga sharoitini yaratib bermagansiz. 50 ta bolani qarshisiga qo‘yib qo‘ygansiz. U uch yil yashaganda, 30 yil yashagandek bo‘ladi. Nimaga unga pensiya 50 yoshdan yo‘q?”, degan partiya yetakchisi.
Bu Alisher Qodirovning o‘qituvchilar uchun pensiya yoshini kamaytirish borasidagi birinchi tashabbusi emas, avvalroq u pensioner o‘qituvchilarni bolalar bilan bevosita ishlashini cheklash kerakligi haqida aytgandi. Uning fikricha, bu bolalar xavfsizligi uchun zarurat, shu bilan birga, sohada qon almashinuvini tezlatish, tarbiya va ta’limga zamonaviy qarashlarni tezroq kirishi uchun ham kerak.
Eslatib o‘tamiz, Mehnat kodeksiga ko‘ra xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish taqiqlangan.
Izohlar 17
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
Podkast
Pensiya yoshidagi o‘qituvchilarning hali-ham maktablarda ishlab kelayotganligini ko‘pchilik tanqid ostiga olmoqda.
So'ragan edingiz
Joriy o'quv yilidan pensionerlarga faqat 6 soat dars beriladimi?
Pensiya yoshidagi o‘qituvchilarni dars soatlari bilan ta’minlash borasida xabarlar tarqaldi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang