B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ayni mavzu muhokamasiga mehnat huquqi sohasi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarni vazirlikka taklif qilib, masalani muhokama qildi.
Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Laziz Qarshiyev, Adliya vazirligi vakillari, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashidan Lazokat Turikova hamda “Yuristkadr” advokatlik firmasi rahbari Saidali Muxtoraliyevlar ishtirok etdi.
Uchrashuv Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov raisligida o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi ma’lum qildi.
Ma’lumki, xorijiy til o‘qituvchilari uchun majburiy B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat talabi ta’lim tizimidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Yaqinda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining aralashuvi bilan sertifikat talabi muddati uzaytirilgandi.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborgan rasmiy xati natijasida, B2 sertifikatiga ega bo‘lmaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilinishi xavfi ostida qolgan 20 mingdan ziyod pedagogning huquqlari himoya qilinib, joylardagi keskinlik bartaraf etilgan.
Biroq, ushbu pedagoglarga 2026-yil 1-yanvariga qadar sertifikat olish uchun muhlat berilishi ortidan yangi savollar, murojaatlar va muammolar kelib chiqa boshladi. Muhlatning cheklangani va sertifikat olish jarayonlari bilan bog‘liq qator omillar o‘qituvchilar orasida yana xavotir uyg‘otgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar masalaning yechimi yuzasidan o‘zlarining dastlabki takliflarini, joylardagi haqiqiy muammolarni va ularning yechimlari bo‘yicha fikrlarini o‘rtaga tashladi.
O‘z navbatida, Kasaba uyushmasi Respublika kengashi vakillari o‘qituvchilarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda qat’iy pozitsiyani bildirgan. Xususan, muammoni vaqtinchalik yoki qisman hal etish o‘rniga, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga aniq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shimcha o‘zgartirish kiritish, ya’ni masalani tubdan hal qiladigan aniq norma qabul qilish maqsadga muvofiq ekanligi ta’kidlandi.
“Xo‘sh, berilgan imkoniyatdan foydalanmagan va uzaytirilgan muddat ichida ham sertifikat olmagan chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatiladimi yoki yo‘qmi? Bir tomonda Hukumat qarorining ijrosi turibdi, ikkinchi tomonda 10.000 ga yaqin o‘qituvchilar.
Adliya vazirligi, Bandlik vazirligi, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi kengashi vakillari, shu jumladan, biz ham o‘z takliflarimizni berdik. Masala qariyb 2 soat qizg‘in muhokama qilindi. Kelayotgan haftada yana bir bor uchrashib, yakuniy fikrga keladigan bo‘ldik.
Shu o‘rinda, vazirlik bu kabi ommaviy mehnat munosabatlarini shoshmasdan, mutasaddi idoralar va mustaqil ekspertlar bilan kengashib hal qilayotgani e’tirofga loyiq”, - deydi “Yuristkadr” advokatlik firmasi rahbari Saidali Muxtoraliyev.
Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu masala bo‘yicha doimiy muloqotni davom ettirishga va tez kunlarda barchani qanoatlantiradigan aniq huquqiy yechimni ishlab chiqishga kelishib oldi.
Izohlar 129
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilardan yashash xonadonini suratga olib yuborish talab qilinmoqda
Oliygohlarda talabalar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Endi fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Xorijiy til o‘qituvchilarining B2 sertifikati mojarosi yangi bosqichga kirmoqda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ‘‘Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida’’gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Yangiliklar
“X-variant” masalasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 13 kishi hibsga olindi — Hindiston
2026-yilning may oyida Hindistonda tibbiyot oliygohlariga qabul uchun o‘tkazilgan NEET-UG imtihoni mamlakat tarixidagi eng yirik mojarolaridan biriga aylandi.
Yangiliklar
“X-variant” mojarosiga to‘liq nuqta qo‘yildimi?
Agentlik tahririyat bilan bog‘lanib, bir qancha savollarimizga javob berib, tarix fanidan o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihonining tahliliy natijalarini ham tahririyat ixtiyoriga topshirdi.
Yangiliklar
“X-variant” bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi zarur” — tarixchilar va jamoatchilik faollari
Tarix fanidan “Milliy sertifikat” imtihonlari atrofida davom etayotgan “x-variant” mojarosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang