O‘qituvchi attestatsiyaga ariza topshirib, unda qatnashmasa amaldagi toifasi kuyib ketadimi?
Savol
Oliy toifali jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisiman. 70 foizlik ustama, vazir jamg‘armasi va “Yil o‘qituvchisi”ga da’vogarlik qilish maqsadida navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun ariza topshirgandim.
Shundan keyin testga kirib chiqdim, lekin yuqori ball ololmadim. Amaliy imtihonda qatnashsam ham yuqoridagi tanlovlar uchun ballim kamlik qilgani uchun, ikkinchi bosqichda qatnashmadim.
Endi “zavuchimiz” attestatsiyaga ariza topshirib, unda to‘liq ishtirok etmaganingiz uchun amaldagi oliy toifangiz kuyib ketadi, deyapti. Shu to‘g‘rimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, attestatsiya jarayonlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun ikkita bosqichda tashkil etilib, birinchi bosqich Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari shaklida, ikkinchi bosqich esa Sport vazirligi tomonidan sport maktablarida tashkil etiladigan amaliy imtihon shaklida o‘tkazilishi belgilangan.
Bunda jismoniy tarbiya fanidan oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega hamda tegishli talablarga javob beradigan pedagoglar attestatsiya sinovlarining birinchi bosqich natijalari asosida “Yil o‘qituvchisi” tanlovida ishtirok etishadi.
Bunda o‘qituvchi “Yil o‘qituvchisi” hamda vazir ustamasiga da’vogarlik qilishi uchun eng yuqori ball to‘plashi kerak bo‘ladi. 70 foizlik ustamani olish uchun esa, 86 va undan yuqori ball to‘plash kerak bo‘ladi.
Yuqoridagi vaziyatda esa, oliy toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchi navbatdan tashqari attestatsiyaga ariza topshirgan va birinchi bosqichning o‘zidayoq yetarli ball to‘play olmasligiga ko‘zi yetmay, attestatsiyaning keyingi bosqichida ishtirok etmagan.
Xo‘sh, endi o‘qituvchining amaldagi toifasi kuyib ketadimi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 44-bandiga ko‘ra, navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi.
O‘qituvchi attestatsiya jarayonida to‘liq ishtirok etmagan holatda ham uning amaldagi oliy malaka toifasi kuyib ketmaydi. Chunki, u navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashish uchun ariza topshirgan hisoblanadi.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endilikda oliy toifali o‘qituvchilar magistraturaga maqsadli qabul qilinadi
Endi bog‘chalardagi o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar 5+1 dasturi asosida oliygohda o‘qishi mumkin
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
O‘qituvchilarning malaka toifasi hisobga olingan holda ustama ballari qayta hisoblanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak pedagoglar bilimini ikki marta baholashdan mantiq bormi?
O‘qituvchi malaka toifasi olishi uchun test topshiradi, vazir jamg‘armasi ustamasi uchun test topshiradi, qo‘shimcha ustamalar uchun test topshiradi. Endi esa navbat hali oliygohni tamomlamagan bo‘lajak pedagoglarga keldi.
Ta'lim siyosati
Bir xil test, ikki xil bosqich: vazirlik bo‘lajak o‘qituvchilar uchun yangi diagnostika tizimini tasdiqladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’lim ekspertlari va jamoatchilik tomonidan bildirilgan e’tirozlarga qaramay, hujjatni amaldagi tahririda davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Yangiliklar
5 ming nafardan ortiq o‘qituvchi attestatsiyasiz toifa oldi
Belgilangan talablarga javob beradigan pedagog kadrlarga malaka toifalari sinov jarayonlari o‘tkazilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishi qayd etilgan.
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang