Ta’lim muassasalarida qo‘riqlash-qorovullik faoliyati tartibga solinadi
“Xavfsiz ta’lim” konsepsiyasi joriy etilib, ta’lim muassasalarida qo‘riqlash-qorovullik faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarori qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi “Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-360-sonli qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti tomonidan shartnoma asosida ta’lim muassasalariga qo‘riqlash signalizatsiyalari, tashvish tugmalari, videokuzatuv moslamalari o‘rnatiladi va ularga texnik xizmatlar ko‘rsatiladi.
Shuningdek, davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari va xorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlari filiallarining xavfsizligi shartnoma asosida jismoniy va texnik qo‘riqlash tizimlari orqali ta’minlanadi.
Bunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bir oy muddat ichida tegishli vazirliklar bilan birgalikda "Xavfsiz ta’lim" konsepsiyasini 2026/2027-yillar mobaynida amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini hamda ta’lim muassasalarida qo‘riqlash-qorovullik faoliyatini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab ta’lim muassasalarining idoraviy qorovullik bo‘linmalari ishchi va xizmatchilarini mintaqaviy o‘quv markazlarida shartnoma asosida Davlat budjeti hisobidan tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi davomat bilan Milliy gvardiya shug‘ullanmaydi…mi?
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 000 ta shtat birligi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga qaytarildi.
Yangiliklar
O‘quvchilar huquqbuzarligi uchun Milliy gvardiyaga jazo qo‘llash vakolati beriladi
Hujjat prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi
Yangiliklar
Inspektor-psixologlarning bolalar bilan ishlash bo‘yicha vakolatlari mustahkamlanmoqda
Bu bo'yicha qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Podkast
Milliy gvardiya bizga kerakmi?
O'zbek
Izohingizni tahrirlang