2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi
“2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasida kelgusi yil uchun 1 500 nafar xorijiy til o‘qituvchilari — “til egalari”ni jalb qilish uchun 700 mlrd so‘m mablag‘ ajratish nazarda tutilmoqda.
Bunda “til egalari”ni jalb qilish xarajatlari 2026-yilda 2,8 karra oshirilishi reja qilinganligini ko‘rish mumkin. 2025-yilda buning uchun Davlat budjetidan 210 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgandi.
“Til egalari”ni ta’lim jarayoniga jalb qilish O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan davlat strategiyasida belgilangan bo‘lib, unga muvofiq, ta’lim tashkilotlariga har yili 500 nafar “til egalari” bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish nazarda tutilgan.
Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra hozirgi kunda xorijiy til sifatida maktablarda eng ko‘p o‘qitilayotgan fan ingliz tili fani hisoblanadi.
2023-yildan boshlab ta’lim muassasalariga jami 500 nafardan ziyod xorijlik pedagoglar “til egalari” sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan dars berish uchun jalb qilina boshlagan. 2024-yildan boshlab esa yana 1 500 ta “til egalari” olib kelinishi reja qilingandi.
Ular yuqori sinf o‘quvchilariga Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press”, Fransiyaning “Didiyer”, Germaniya Federativ Respublikasi “KLETT” nashriyotining darslik va dasturlari asosida dars o‘tishi belgilangan.
Sobiq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2025-yil 9-yanvar 5-sonida chop etilgan maqolasida “til egalari” islohoti nima uchun amalga oshirilganini aytib o‘tgandi.
Unga ko‘ra, Buyuk Britaniya ham ta’lim sifatini oshirish uchun 2023-yilda 100 mingdan ortiq xorijlik o‘qituvchini jalb qilgan. Xuddi shunday tajriba Xitoyda ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har yili 400 minggacha chet tili o‘qituvchisi olib kelinadi.
O‘tgan yillar davomida "til egalari" faoliyat yuritgan 500 ta maktab o‘quvchilarining til bilish darajasi hududlar bo‘yicha o‘rtacha 5 foizdan 15 foizgacha oshgan.
“Til egalari” bir haftada 20 soatlik dars bilan birga uch marta qo‘shimcha to‘garak mashg‘ulotlari o‘tadi hamda mahalliy o‘qituvchilarimiz uchun treninglar tashkil etadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
Ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Hilola Umarova nima uchun xorijdan “til egalari” olib kelinganini izohladi
Uning aytishicha, bunday amaliyotdan aksariyat davlatlar faol foydalanadi
Yangiliklar
O‘zbekistondagi maktablarda dars berish uchun AQSHdan o‘qituvchilar keldi
Ular 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berishadi
Ta'lim siyosati
Xorijdan kelgan o‘qituvchilar sifatli ta’lim bera oldimi?
2023-yildan boshlab ta’lim muassasalariga jami 500 nafardan ziyod xorijlik pedagoglar jalb qilingandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang