2026-yilda xorijlik pedagoglar soni 2000 nafarga yetkazilib, turar joy bilan ta’minlanadi
2026-yil dekabr oyiga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar soni 2 ming nafarga yetkaziladi. Bu haqda prezident farmoni loyihasida nazarda tutilmoqda.
Bunda xorijdan kelgan mutaxassislar turarjoylarga joylashtiriladi va zarur sharoitlar bilan ta’minlanadi. Turarjoy uchun ijara to‘lovlari esa mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida har oy kechiktirmasdan amalga oshirib boriladi.
Xorijlik pedagoglarni jalb qilish maqsadida vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va veb-saytlar orqali mavjud ish o‘rinlari to‘g‘risida e’lonlar beriladi.
Kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqilib, saralashdan o‘tgan nomzodlar bilan suhbatlar tashkil etiladi hamda suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni umumta’lim maktablariga jalb etish choralarini ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilda “til egalari” uchun davlat budjetidan 700 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, avvalgi yilga nisbatan ushbu xarajatlar 3 karra oshirildi.
Izohlar 5
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Kelasi yildan maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun 500 nafar til egasini jalb qilish topshirildi. Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalarida nemis tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha davlat buyurtmasini kelasi o‘quv yilidan boshlab ikki baravar oshirish vazifasi qo‘yildi.
Yangiliklar
2026-yil sentyabrga qadar maktablarga 2000 nafar “til egalari” jalb qilinadi
Xorijlik chet tili fani o‘qituvchilarini turarjoy bilan bog‘liq xarajatlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Yangiliklar
2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi
2026-yilda “til egalari”ni jalb qilish xarajatlari 2,8 karra oshirilishi reja qilingan, 2025-yilda buning uchun Davlat budjetidan 210 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgandi.
Yangiliklar
Hilola Umarova nima uchun xorijdan “til egalari” olib kelinganini izohladi
Uning aytishicha, bunday amaliyotdan aksariyat davlatlar faol foydalanadi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang