Top.Mail.Ru
2026-yilda xorijlik pedagoglar soni 2000 nafarga yetkazilib, turar joy bilan ta’minlanadi

2026-yilda xorijlik pedagoglar soni 2000 nafarga yetkazilib, turar joy bilan ta’minlanadi

11:22 / 26.01.2026 262

2026-yil dekabr oyiga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar soni 2 ming nafarga yetkaziladi. Bu haqda prezident farmoni loyihasida nazarda tutilmoqda.


Bunda xorijdan kelgan mutaxassislar turarjoylarga joylashtiriladi va zarur sharoitlar bilan ta’minlanadi. Turarjoy uchun ijara to‘lovlari esa mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida har oy kechiktirmasdan amalga oshirib boriladi.


Xorijlik pedagoglarni jalb qilish maqsadida vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va veb-saytlar orqali mavjud ish o‘rinlari to‘g‘risida e’lonlar beriladi.


Kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqilib, saralashdan o‘tgan nomzodlar bilan suhbatlar tashkil etiladi hamda suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni umumta’lim maktablariga jalb etish choralarini ko‘riladi.


Eslatib o‘tamiz, 2026-yilda “til egalari” uchun davlat budjetidan 700 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, avvalgi yilga nisbatan ushbu xarajatlar 3 karra oshirildi.

Izohlar 3

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Til egalari

Ulashish