Top.Mail.Ru
2026-yil sentyabrga qadar maktablarga 2000 nafar “til egalari” jalb qilinadi

2026-yil sentyabrga qadar maktablarga 2000 nafar “til egalari” jalb qilinadi

10:40 / 15.06.2026 692

2023-yildan boshlab ta’lim muassasalariga jami 500 nafardan ziyod xorijlik pedagoglar “til egalari” sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan dars berish uchun jalb qilina boshlagandi. 2026-2027-o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 2000 nafarga yetkaziladi.


Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 26-maydagi 184-sonli burug‘ida so‘z borgan. Mazkur buruq bilan xorijlik chet tili fani o‘qituvchilariga qo‘yiladigan malaka talablar, xorijiy mutaxassislarni tanlab olish tartibi hamda xorijiy mutaxassislarning faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan maktab ma’muriyatining vazifa va majburiyatlari ham tasdiqlandi.


E’tiborli tomoni buyruqda umumta’lim muassasalariga til egasi bo‘lmagan xorijlik chet tili fani o‘qituvchilari ham jalb qilish haqida ham so‘z borgan. Bunda vazirlik xalqaro mehnat yarmarkalarida ishtirok etib, ular bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassislarni jalb etish choralarini ko‘radi. 


Xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha ish haqi miqdorlarini ularning mehnat staji, malaka tajribasi va boshqa jihatlarini inobatga olgan holda belgilash choralari ko‘riladi.


Xorijlik chet tili fani o‘qituvchilarini turarjoy bilan bog‘liq xarajatlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi, buning imkoni bo‘lmaganda yoki qo‘shimcha mablag‘ talab etilganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari orqali vazirlikka talabnoma kiritiladi.


Eslatib o‘tamiz, 2026-yilda maktablarga “til egalari”ni jalb qilish xarajatlari 2,8 karra oshirilib, davlat budjetidan 700 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgandi.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Til egalari

Ulashish