Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida olti nafar ta’lim sohasi xodimi choyxonada qimor o‘ynab o‘tirgan paytda ushlanib, ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Daryo.uz nashri xababr berdi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, ular orasida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i, uning o‘rinbosari hamda to‘rt nafar maktab direktori bo‘lgan.
Hujjatda qimor o‘yini 2026-yil 14-yanvar kuni Baliqchi tumanidagi “Abduxalil ota” choyxonasida aniqlangani yozilgan. Kimdir ichki ishlar organiga choyxonada qimor o‘ynalayotgani haqida xabar bergan. Keyin IIB xodimi xabar yuzasidan u yerga kelgan. O‘yin davrasidagi 205 ming so‘m, ishtirokchilar yonidagi jami 617 ming so‘m pul va kartalarni dalil sifatida olgan.
Ayblanuvchilar sudda qimor o‘ynamaganini, pul tikmagan holda karta o‘ynaganini aytgan. Stoldagi 205 ming so‘m ovqat uchun yig‘ilgan mablag‘ bo‘lganini bildirgan. Ammo guvohlar ko‘rsatmasi va to‘plangan dalillar asosida sud huquqbuzarlik tasdiqlangan deb topgan.
Natijada sudlanuvchilar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan. Sud qarori bilan har bir huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida (1 million 236 ming so‘m) jarimaga tortilgan.
Ashyoviy dalil tariqasida olinib, Andijon viloyat IIB depozit hisob raqamida saqlanayotgan 822 ming so‘m puldan 205 ming so‘m qismi davlat foydasiga musodara qilingan.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
7 695 ta maktab uchun maktab maslahatchilari saralab olindi
Zo‘ravonlikka uchragan bolalar uchun “Qo‘llab-quvvatlash markaz”lari tashkil etiladi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 yillik tanaffusdan so‘ng Xalqaro biologiya olimpiadasida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
So'ragan edingiz
O‘z vaqtida pasport olmagan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rsa bo‘ladimi?
Bitiruvchilarning 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmagan.
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang