Vazir jamg'armasi ustamasiga hudud va tuman (shahar)lar kvotasi qanday taqsimlanadi?
12:02 / 27.01.2024
1.98k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomomidan tasdiqlangan reglamentga koʻra vazir jamg'armasi ustamasi uchun 1250 nafar etib belgilangan kvotalar “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy va filologiya fanlari” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlanadi.
Bunda har bitta yoʻnalish boʻyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʻrniga koʻpi bilan uchta nomzod taqdim etiladi.
“Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy va filologiya fanlari” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari bo'yicha pedagog kadrlar quyidagi talablar boʻyicha nomzod sifatida koʻrsatiladi:
➖ o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga yoki Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija ko‘rsatgan;
➖ o‘quvchilari xalqaro yoki respublika miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
“Boshlangʻich taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha pedagog kadrlar esa quyidagi talablar boʻyicha nomzod sifatida koʻrsatiladi:
➖ oʻquvchilari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natijalarni koʻrsatgan boshlangʻich sinf pedagog kadrlari.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
18:17 / 12.06.2026
Endi maktablarda “Halollik to‘garagi” o'tiladi
11:50 / 11.06.2026
3 yoshli bog‘cha bolasi mashinada unutib qoldirilgani oqibatida vafot etdi
13:00 / 09.06.2026
Kirish imtihonida qatnashgan abituriyentlarning 73 foizi talaba bo‘lolmadi
11:01 / 09.06.2026
5 ming nafardan ortiq o‘qituvchi attestatsiyasiz toifa oldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Apellyatsiya yuborish muddatining dastlabki 24 soati yakunlandi. Agar vazirlik qolgan 24 soat davomida ham nomzodlarga apellyatsiya yuborish imkoniyatini bermasa, belgilangan muddat tugashi oqibatida yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilmay qolishi mumkin.
15:28 / 03.06.2026
Yangiliklar
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va san’at maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumta’lim maktablari bilan bir xil bo‘ladi.
12:48 / 02.06.2026
So'ragan edingiz
Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha ishlashi lozim.
16:00 / 11.06.2024
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
21:37 / 09.07.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang