Top.Mail.Ru
Pedagog kadrlar attestatsiyasida qanday o'zgarishlar bo'ldi?

Pedagog kadrlar attestatsiyasida qanday o'zgarishlar bo'ldi?

11:13 / 15.01.2024 1.96k
Malumki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 692-son qarori bilan pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi joriy qilindi.

Yangi tartibga kora pedagoglarga malaka toifa berish tartibi boyicha quyidagi ozgarishlar amalga oshirildi:

➖ Ta’lim inspeksiyasi tugatilganligi munosabati bilan maktab pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan boldi;

➖ xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish hamda sertifikat olgan pedagog kadrlarga bazaviy tarif stavkasining 70 foizi miqdorida ustama haq to‘lash amaliyoti joriy etilishi belgilandi;

➖ pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan boldi;

➖ o‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tayotganda maktabdan taqdim etiladigan 20 ballik malumotnoma berish tartibi bekor qilindi (o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari bundan mustasno);

➖ pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshirilib, birinchi bosqichda — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahorati baholanadigan boldi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya
  • Pedagog

Ulashish