Kimlar vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan ustama yoki mukofot puliga da'vogarlik qilishi mumkin?
16:02 / 09.01.2024
5.85k
Vazir jamgʻarmasidan beriladigan ustama yoki mukofot pullariga umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlar hamda maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar daʼvogarlik qilishi mumkin.
Quyidagilar malakali pedagog kadrlar hisoblanadi:
➖oʻquvchilari oliy taʼlim muassasalariga yoki Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija koʻrsatgan pedagog kadrlar;
➖oʻquvchilari xalqaro yoki respublika miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan pedagog kadrlar.
Quyidagilar maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar hisoblanadi:
➖taʼlim sifatini oshirishga oʻz hissasini qoʻshgan rahbar kadrlar, psixolog va kutubxonachilar;
➖oʻz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan yoki oʻz mahorat maktabini tashkil qilgan metodistlar;
➖respublika boʻyicha tashabbus koʻrsatgan, ishlari respublika va xalqaro miqyosda ommalashgan yoki maktab taʼlimi tizimida samarali faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar.
Demak xulosa shuki, vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan ustama yoki mukofot puliga malakali pedagog kadrlar hamda ilgʻor xodimlar toifasiga kiruvchilar daʼvogarlik qilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, bu yil Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab oʻqituvchilari uchun ham alohida kvota ajratilmoqda.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
18:17 / 12.06.2026
Endi maktablarda “Halollik to‘garagi” o'tiladi
11:50 / 11.06.2026
3 yoshli bog‘cha bolasi mashinada unutib qoldirilgani oqibatida vafot etdi
13:00 / 09.06.2026
Kirish imtihonida qatnashgan abituriyentlarning 73 foizi talaba bo‘lolmadi
11:01 / 09.06.2026
5 ming nafardan ortiq o‘qituvchi attestatsiyasiz toifa oldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Apellyatsiya yuborish muddatining dastlabki 24 soati yakunlandi. Agar vazirlik qolgan 24 soat davomida ham nomzodlarga apellyatsiya yuborish imkoniyatini bermasa, belgilangan muddat tugashi oqibatida yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilmay qolishi mumkin.
15:28 / 03.06.2026
Yangiliklar
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va san’at maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumta’lim maktablari bilan bir xil bo‘ladi.
12:48 / 02.06.2026
So'ragan edingiz
Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha ishlashi lozim.
16:00 / 11.06.2024
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
21:37 / 09.07.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang