Sinf rahbari o‘quvchilar davomati pastligi sababli jarimaga tortilishi to‘g‘rimi?
23:10 / 07.02.2024
3.19k
Savol
Sinfdagi o‘quvchilar davomati pastligi sababli mening oylik ish haqimdan 30% foizi jarima sifatida ushlab qolinishi aytildi. Sinf rahbariga nisbatan bunday jazo chorasi ko‘rilishi qanchalik to‘g‘ri?
Javob
Sinfdagi o‘quvchilar davomati bilan ishlash sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Sinf rahbari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi yo‘riqnomada sinf rahbarlari o‘quvchilar davomati bo‘yicha qanday vazifalarni bajarishi lozimligi qayd etilgan.
Nizomga ko‘ra:
➖sinf rahbari darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlashda ularning ota-onalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qilishi, natijalari bo‘yicha direktor huzuridagi yig‘ilishlarga ma’lumot kiritib borishi;
➖sinf o‘quvchilarining davomatini nazorat qilishi, sababsiz darsga kelmagan o‘quvchilarning ota-onalari bilan (telefon orqali) bog‘lanib, darsga kelmaganlik sabablarini o‘rganishi, natijalari bo‘yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritishi lozim.
E’tibor bering, agar sinf rahbari o‘z vakolati doirasida yuqoridagi amallarni bajargan bo‘lsa, ularni javobgarlikka tortish noto‘g‘ri bo‘ladi. Davomat pastligi uchun faqatgina harakatsiz, hech qanday choralar ko‘rmagan sinf rahbarlargagina chora ko‘rish mumkin.
Misol uchun, 5-6 nafar o‘quvchi ko‘rilayotgan ta’sirchan choralarga qaramay muntazam darslarga kelmayotgan bo‘lsa, sinf rahbari bu haqda maktab rahbariyatiga hech qanday og‘zaki yoki yozma axborot kiritmagan bo‘lsa, bunda sinf rahbariga chora ko‘riladi.
Agar aksincha bo‘lsa, unda sinf rahbari o‘z vakolati doiarsida barcha ishlarni amalga oshirgan deb baholanadi va unga nisbatan hech qanday jazo chorasi qo‘llanilmaydi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
13:00 / 09.04.2026
8 oydan buyon maktabga bormagan o‘quvchilar diniy ta’lim olayotgani ma’lum bo‘ldi
17:20 / 08.04.2026
Vazirlik ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berdi
12:00 / 08.04.2026
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
20:20 / 06.04.2026
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Sinf rahbarlikni pedagogning roziligisiz olib qo‘yish mumkinmi?
Sinf rahbarlik yuklatilgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan ularning o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligini ro‘kach qilib, sinf rahbarlikni olib qo‘yish qonunchilikka zid.
01:29 / 25.02.2026
Yangiliklar
Vazir buyrug‘i bilan sinf rahbari lavozimiga qo‘yilgan talablar yengillashtirildi
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova imzolagan hujjat ortidan sinf rahbarlari muammosi kelib chiqqani haqida tanqidiy maqola e’lon qilgandik.
12:14 / 24.10.2025
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova imzolagan hujjat ortidan sinf rahbarlari muammosi kelib chiqdi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishiga 8 kun qolganda imzolangan buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan talablar o‘zgartirilishi ortidan hududlarda muammolar kelib chiqmoqda.
10:25 / 16.10.2025
Yangiliklar
Sinf rahbarlik uchun talablar o‘zgardi
Hozirgi kunga qadar boshlang‘ich sinflarda o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga sinf rahbarlik berilishi uchun hech qanday cheklov mavjud emasdi.
12:15 / 02.10.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang