Top.Mail.Ru
“OpenBudget”da 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan maktablarni vazirlik saralab beradi

“OpenBudget”da 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan maktablarni vazirlik saralab beradi

09:00 / 02.03.2024 2.53k
Avvalroq, 2023-yilda “OpenBudget” loyihasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plab, g‘olib bo‘lmagan maktablarning jihozlash bilan bog‘liq loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi haqida ma’lum qilgandik.

Juda ko‘plab pedagoglar biz ham 2023-yilda “OpenBudget” loyihasida qatnashib, 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagandik, bizning maktabga ham mablag‘ ajratiladimi deb murojaat yo‘llamoqda. Shu sababli, mazkur masalani yanada batafsil o‘rganib chiqishga harakat qildik.

Ma’lumki, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra “Tashabbusli byudjet”da 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish uchun ta’lim muassasalariga 164 mlrd 237 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratilgan. 

Xalqtaliminfo.uz manbasining aniqlik kiritilishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi jihozlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish uchun ta’lim muassasalariga ajratilgan 164 mlrd 237 mln so‘m mablag‘ni eng dolzarb loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirishni reja qilmoqda. (asosli hujjat mavjud)

Bunda ushbu mablag‘lar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tahlillari asosida jihozlash bilan bog‘liq loyihalar orasidan eng dolzarb loyihalarni moliyalashtirishga sarflanadi.

Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qaysi maktabning jihozlash bilan bog‘liq ehtiyoji yuqori bo‘lsa, ana shu maktabni tanlab beradi.

Aytaylik, 2023-yilda “OpenBudget” loyihasida jami 200 ta maktab 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan bo‘lsa, Davlat byudjetidan ajratilgan 164 mlrd 237 mln so‘m mablag‘ni xuddi shu maktablarga taqsimlash kerak bo‘ladi. (maktablar soni tahminiy korsatildi)

Agar har bir ta’lim muassasasining jihozlash bilan bog‘liq loyihalari o‘rtacha 1 mlrd so‘mni tashkil qilsa, yuqoridagi summani o‘rtacha hisobda 164 ta maktabga yetkazish imkoni bo‘ladi xolos. Qolgan 40 ta maktabning jihozlash bilan bog‘liq ehtiyoji yuqori bo‘lmaganligi uchun ular moliyalashtirib berilmasligi ham mumkin. 

Bu esa yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tahlillari asosida amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • OpenBudget

Ulashish