Ommalashtirish tartibiga oid eng dolzarb savollarga javoblar

21:00 / 02.03.2024
8.06k
Respublika taʼlim markazi masʼul xodimlari pedagoglar ish tajribasini ommalashtirish tartibiga oid eng dolzarb savollarga javob berishdi.
Men roʻyxatdan oʻta olmayapman. Qanday qilib roʻyxatdan oʻtsam boʻladi?
Men roʻyxatdan oʻta olmayapman. Qanday qilib roʻyxatdan oʻtsam boʻladi?
Ro‘yxatdan o‘tish uchun ommalashtirish.uz platformasida “Roʻyxatdan oʻtish” tugmasi bosiladi va quyidagi amallar bajariladi:
–Telefon raqami;
–JSHIR — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami;
–Parol;
–Parolni tasdiqlash.
Shundan so‘ng foydalanuvchiga telegram bot orqali SMS xabar yuboriladi, foydalanuvchi tasdiqlash kodini kiritgandan so‘ng tizimga kiradi.
Ommalashtirish uchun qanday ishlar qabul qilinadi?
Ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim. Bir soatlik dars ishlanma, videorolik, taqdimotlar qabul qilinmaydi.
Metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishida bo‘lmagan hamda oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.
Metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishida bo‘lmagan hamda oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.
Ommalashtirish platformasidan ancha avval ro‘yxatdan o‘tgan edim, 1-mart sanasiga qadar ishlab turgan edi, endi negadir platformaga kirolmayapman
Ommalashtirish platformasi 1-mart kuni qayta ishga tushirildi, shuning uchun avval ro‘yxatdan o‘tgan o‘qituvchilar tarixini yangi tartibdagi nizom talablari bo‘yicha qayta tuzatishning imkoni bo‘lmaganligi sababli barcha ma’lumotlar qayta ishga tushirildi. Shu sababli ommalashtirish platformasidan qayta ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.
Ommalashtirish platformasiga ro‘yxatdan o‘tdim, ammo profilimda boshqa ism familiya chiqyapti
Agar sizda boshqa ism familiyalar hali ham chiqayotgan bo‘lsa, u eski ma’lumotlar keshda qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Bu bir necha soatda yangilanadi.
Shundan so‘ng ariza topshirsangiz bo‘ladi muammo bo‘lmaydi. Shunda arizangiz boshqa birov nomidan ketib qolmaydi. Sizga tavsiyamiz bir necha marotaba sahifani yangilash yoki profilga qaytib kirib ko‘rishingiz kerak.
Shundan so‘ng ariza topshirsangiz bo‘ladi muammo bo‘lmaydi. Shunda arizangiz boshqa birov nomidan ketib qolmaydi. Sizga tavsiyamiz bir necha marotaba sahifani yangilash yoki profilga qaytib kirib ko‘rishingiz kerak.
Menga botdan tasdiqlash kodi kelmayapti, nima qilsa bo‘ladi?
Tasdiqlash kodi olish uchun siz botga /start buyrug‘ini berishingiz kerak so‘ngra tasdiqlash kodi olish degan tugmachani bosishingiz kerak shundan so‘ng bot sizga tasdiqlash kodingizni yuboradi. Agar siz oldin botni ishga tushirgan bo‘lsangiz va sizga tasdiqlash kodi kelmayotgan bo‘lishi mumkin bu holatda botni qayta ishga tushirish lozim ya’ni qayta /start tugmasini bosishingiz kerak.
Menda botga kirib /start buyrug‘ini berdim keyingi bosqichga o‘tmayapti?
Agar siz kompyuterdagi telegram ilovadan foydalanayotgan bo‘lsangiz shunday muammo kelib chiqishi mumkin, shuning uchun siz botni ishga tushirayotganda mobil telefoningizdan foydalansangiz sizda bunday muammo bo‘lmaydi.
Ommalashtirish botga xabar jo‘natyapman, lekin javob berilmayapti?
Siz avvalo quyidagi bosqichda xabar yuborganingizni tekshirib ko‘ring:
1. Bot ishga tushirish buyrug‘i beriladi
2. Bot tilini tanlanadi
3. Telefon raqamingizni yuborasiz
4. Xizmat turini tanlaysiz: murojaat tugmasini tanlaysiz
5. Yangi murojaat yuborish tugmasini tanlaysiz
6. Murojaat turini tanlaysiz: masalan “savol”
7. Shundan so‘ng xabaringiz matnini yozasiz
8. Murojaat yuborish buyrug‘ini berasiz
Yuqoridagi savollarga Respublika taʼlim markazi boʻlim boshliqlari X.Yusupov hamda D.Boboqulovlar javob berishdi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

11:40 / 24.04.2025
Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

18:30 / 23.04.2025
Ikki mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti

12:11 / 22.04.2025
Maktab direktori lavozimi uchun 3 ming dollar

09:27 / 22.04.2025
Yana ikki nafar maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib, avtohalokatga uchradi
Mavzuga doir yangiliklar

Ommalashtirish uchun tayyorlangan metodik ishga qanday talablar qo‘yilgan?
Ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim.
20:30 / 04.03.2024

Yangi tartib bo‘yicha ommalashtirish jarayoni qay tartibda amalga oshiriladi?
Endikikda ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim.
16:30 / 20.02.2024

Maktab miqyosida ommalashtirilgan ish platformaga joylanmasa ustama uchun ball beriladimi?
Metodik ishni platformaga joylashtirish sharti faqatgina keyingi bosqichlar uchun belgilangan qoida hisoblanadi.
14:45 / 02.07.2024

Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi uchun 7 balldan 15 ballgacha berililishi mumkin.
22:30 / 23.06.2024
Izohingizni tahrirlang