Top.Mail.Ru
Vazir ustamasi uchun o‘tkazilgan testda qatnasholmagan o‘qituvchilarga qayta imtihon o‘tkaziladi

Vazir ustamasi uchun o‘tkazilgan testda qatnasholmagan o‘qituvchilarga qayta imtihon o‘tkaziladi

11:20 / 11.03.2024 2.66k
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi joriy yil 7-mart kuni hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga chiqargan 06-21-107-sonli xatida 2024-yil 9-fevral kuni Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlarida 144 nafar nomzod pedagoglar ishtirok etmaganligini maʼlum qildi.

Ushbu nomzod pedagoglar masʼullarning xatosi, noqulay ob-havo sharoiti va boshqa uzrli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok etolmagan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur nomzod pedagoglar tomonidan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noroziliklarni oldini olish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok etolmaganliklarini inobatga olgan holda ushbu nomzod pedagoglar uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qayta imtihon o‘tkazilishini ma’lum qildi. 

Test sinovlari joriy yilning 14-mart kuni soat 15:00da Agentlikning Toshkent shahri, Bogʻishamol koʻchasi, 12-uy manzilida joylashgan binosida oʻtkaziladi.

Nomzodlar roʻyxati

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • vazir jamg'armasi

Ulashish