Vazir ustamasi uchun o‘tkazilgan testdan norozilar nima qilishi kerak?
Savol
Vazir jamg‘armasi imtihonidan noroziman. Chunki test darajasi bilan 100 daqiqa vaqt bir-biriga teskari proporsional. Spetsifikatsiyaga ham rioya qilinmagan.
Matematika faniga boshqa imtihonlarga murakkablik darajasi inobatga olinib, ko‘proq vaqt berilardi. Lekin vazirlik unday qilmadi.
Men davlat imtihonlarining birortasida ham 80 balldan past natija olmaganman. Testni qayta tashkillashtirib, darajasi va vaqtiga hamda spetsifikatsiyaga rioya qilgan holda o‘tkazishlari uchun nima qilish kerak?
Javob
Joriy yil 25-fevral kuni Respublikamiz bo‘ylab Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Ba’zi o‘qituvchilar test sinovlari vaqtini belgilashda fanlarning murakkablik darajasi inobatga olinmagan desa, ba’zilari testlar o‘ta murakkab tuzilganligi haqida bizga murojaat yo‘llamoqda.
Ayrim pedagoglarimiz esa testlar ham, saralash bosqichlari ham risoladagidek o‘tganini ta’kidlamoqda. Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarida ham 100 ballik natijani qayd etgan pedagoglar haqida ma’lumotlar berib borilmoqda.
Shu sababli, test jarayoni qanchalik xolis va adolatli o‘tganligiga baho berish biroz mushkul masala. Shuning uchun bu masalani faqatgina qonuniy yo‘llar orqali hal etish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.
Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va nomzodlarni saralash bo‘yicha reglament tasdiqlangan.
Mazkur reglamentning 9-bobiga ko‘ra vazir ustamasi uchun o‘tkazilgan test sinovlaridan norizo bo‘lgan pedagoglar 1-bosqich test natijalari e’lon qilingandan so‘ng besh ish kunida test topshiriqlari natijasi bo‘yicha pedagog.uzedu.uz platformasi orqali shaxsiy kabinetdan apellyatsiya shikoyati yuborishi kerak bo‘ladi.
Bunda test topshiriqlari bo‘yicha nomzod pedagog kadrlar apellyatsiyasi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan ko‘rib chiqiladi va nomzodlarning shaxsiy kabinetiga javob yuboriladi.
Agar apellyatsiya komissiyasi pedagogning shikoyatini yetarlicha qanoatlantirmasa, u holda pedagog xodim Ma’muriy sudga da’vo arizasi kiritishi mumkin.
Izohlar 19
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilarning malaka toifasi hisobga olingan holda ustama ballari qayta hisoblanadi
Oliygoh bitiruvchilari sifati indeksida ta’lim yo‘nalishi yetakchi uchlikdan joy oldi
Maktab direktori lavozimi uchun 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olindi
2026-yil sentyabrga qadar maktablarga 2000 nafar “til egalari” jalb qilinadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Apellyatsiya yuborish muddatining dastlabki 24 soati yakunlandi. Agar vazirlik qolgan 24 soat davomida ham nomzodlarga apellyatsiya yuborish imkoniyatini bermasa, belgilangan muddat tugashi oqibatida yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilmay qolishi mumkin.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarning vazir ustamasi pullari kamaytirilmadi
Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama olib kelayotgan bir guruh o‘qituvchilardan xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi. Xalqtaliminfo.uz holatni o‘rgandi.
Yangiliklar
Bu yil 1000 nafar o‘qituvchiga vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining joriy yil 30-maydagi 174-sonli buyrug‘i bilan 2025-yil uchun har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Yangiliklar
Pedagoglarga vazir ustamasi berishning yangi tartibi tasdiqlandi
Endilikda Vazir jamgʻarmasidan ustama olish uchun nomzodlarni saralab olishning birinchi bosqichi toifa testlari natijalari asosida amalga oshiriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang