Onlayn malaka oshirish kurslari qachondan boshlanadi?

17:00 / 25.03.2024
13.53k
Savol
O‘qituvchiman. 4–15 dekabr kunlari o‘tkazilgan diagnostika testi natijalarimga ko‘ra onlinedu.uz platformasida onlayn shaklda malaka oshirishim belgilangan. Lekin onlayn malaka oshirish kurslari hali boshlanmabdi. Offlayn tarzda malaka oshirishga ruxsat yo‘q ekan. Lekin o‘z vaqtida malaka oshirmasam, bu ustama balim past chiqishiga sabab bo‘ladi. Savolim shuki, onlayn malaka oshirish kurslari qachondan boshlanadi?
Javob
O‘qituvchiman. 4–15 dekabr kunlari o‘tkazilgan diagnostika testi natijalarimga ko‘ra onlinedu.uz platformasida onlayn shaklda malaka oshirishim belgilangan. Lekin onlayn malaka oshirish kurslari hali boshlanmabdi. Offlayn tarzda malaka oshirishga ruxsat yo‘q ekan. Lekin o‘z vaqtida malaka oshirmasam, bu ustama balim past chiqishiga sabab bo‘ladi. Savolim shuki, onlayn malaka oshirish kurslari qachondan boshlanadi?
Javob
Maʼlumki, 4–15 dekabr kunlari maktablarda faoliyat ko‘rsatayotgan fan o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalari diagnostika testidan o‘tkazilgandi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrug‘i bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o‘qitish rejasi tasdiqlangan.
Mazkur buyruq bilan o‘qituvchilarning diagnostika testida yiqqan ballariga ko‘ra malaka oshirish shakli quyidagicha belgilangan:
- 76-100 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar birinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralmagan holda (onlayn);
- 56-75 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar ikkinchi tabaqaga mansub o‘quv dastur asosida 1 yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 2 yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 3 yili esa ishdan ajralmagan holda (onlayn);
- 31-55 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar uchinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 1 yili ishdan ajralgan holda (offlayn), 2 yili ishdan ajralmagan holda (onlayn), 3 yili ishdan ajralgan holda (offlayn);
- 0-30 ball natija ko‘rsatgan pedagoglar to‘rtinchi tabaqaga mansub o‘quv dasturi asosida 3 yil ishdan ajralgan holda (offlayn) malaka oshiradi.
Shu sababli, bu yil onlayn tarzda malaka oshirishi kerak bo‘lgan pedagoglarga offlayn tarzda malaka oshirishiga ruxsat berilmasligi mumkin. Sababi, vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida o‘qitish rejasi tasdiqlanib bo‘lgan.
Unda onlayn malaka oshirish kurslari qachondan boshlanadi?
Bu yili onlinedu.uz platformasi orqali malaka oshirish kurslari biroz kechikmoqda. Chunki, onlayn malaka oshirish kurslariga start berish uchun avval platformaga joylanadigan kontent materiallarini ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
Joriy yilning 12-mart kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Maktab taʼlimi tizimidagi taʼlim tashkilotlarining rahbar, mutaxassis
va pedagog kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish ishlarini samarali
tashkil etish to‘g‘risida”gi 77-sonli buyrug‘i imzolangan.
Mazkur buyruq bilan kontent materiallarini ishlab chiqish reja-grafigi tasdiqlangan bo‘lib, kontent materiallarini ishlab chiqib, har yili 10-martga qadar onlinedu.uz platformasiga joylashtirish belgilangan.
Xalqtaliminfo.uz tahririyati manbasiga ko‘ra ayni vaqtda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan kontent materiallarini ishlab chiqish ishlari boshlangan. Lekin bu yana biroz vaqt talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Ayni vaqtda onlayn malaka oshirish kurslari uchun kontent tayyorlashni tezlashtirish masalalari koʻrib chiqilgan.
Albatta, har doimgidek yo‘nalishlar bo‘yicha kontent materiallar tayyor bo‘lishi bilan birin-ketinlikda malaka oshirish kurslariga start beriladi. Yaʼni, qaysi fan yo‘nalishi bo‘yicha kontent materiallar tayyor bo‘lsa, shu yo‘nalishda onlayn malaka oshirish kurslari boshlanadi.
Pedagog o‘z vaqtida malaka oshirmasa, bu uning ustama baliga taʼsir qiladimi?
Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta taʼlim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga 1-ilovaga ko‘ra pedagog o‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lsa unga 10 ball, o‘z vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan bo‘lsa ball berilmasligi belgilangan.
Lekin kontent materiallarning kechikkanligi sababli pedagog xodim o‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tolmasa, bunda pedagog xodim aybdor hisoblanmasligi kerak.
Shu sababli, bu kabi vaziyatlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mazkur holatning oldidni olish uchun qo‘shimcha ko‘rsatma berishi lozim deb hisoblaymiz.
Shu sababli, bu kabi vaziyatlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mazkur holatning oldidni olish uchun qo‘shimcha ko‘rsatma berishi lozim deb hisoblaymiz.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

13:40 / 25.05.2025
Oddiy maktablarda taqiqlangan “Bitiruv oqshomi” Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi maktablarda o‘tkazilgani aytilmoqda

15:39 / 24.05.2025
5-sinf o‘quvchisi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga mashina haydab bordi, ayrim o‘quvchilar spirtli ichimlik ichgan

13:22 / 24.05.2025
Bu yil maktablarini 450 mingdan ortiq o‘quvchi tamomladi

11:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga 27 mingdan ortiq IIV xodimlari jalb etiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Attestatsiyada yuqori ball olgan “informatiklar” Koreyada malaka oshiradi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Janubiy Koreya Respublikasi Seul ta’lim departamentining “KLIC Training Program” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashdi.
11:37 / 20.05.2025

Menejerlik kursida o‘qigan 379 nafar direktor sertifikat ololmadi
Matbuot anjumanida malaka oshirish tizimi, menejerlik o‘quv kurslari, shuningdek, PISA xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
09:40 / 10.04.2025

Oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun grantlar ajratiladi
O‘zbekiston hamda Italiya o‘rtasida maktabgacha ta’lim, o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvi hamda olimpiadalar bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi.
06:00 / 18.03.2025

Maktabda ishlayotgan talabalar malaka oshirishga chiqishi kerakmi?
Men maktabda ishlayman va hozirda 2-kurs talabasiman. “Zavuch” malaka oshirishga borasiz deb aytyapti. Shu to‘g‘rimi? O‘qishni bitirgandan keyin bormaymanmi, malaka oshirishga?
23:10 / 16.03.2025
Izohingizni tahrirlang