2024-yilda malaka oshirgan pedagoglarga ustama uchun ball berilishi rasman taqsdiqlandi
Joriy yil 16-fevral kuni ko‘pchilik pedagog xodimlardan malaka oshirganlik uchun pedagoglarga ustama uchun ball berilishi borasida murojaatlar kelib tushgani bois, bu haqda ma’lumot berib, vaziyatga to‘liq sharh bergandik.
Ushbu savolga savolga batafsil javob bergan bo‘lishimizga qaramay, hududlardagi muammolar bartaraf qilinmadi. Aniqrog‘i, mutasaddilar buni tan olishni xohlamadi.
Shundan so‘ng, bu borada Instagram sahifamizda to‘liq ma’lumot berib, videomurojaat orqali vaziyatni to‘liq sharhlab bergandik va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan zudlik bilan rasmiy ko‘rsatma berishini so‘ragandik.
Nihoyat, 2025-yil 11-iyun kuni vazirlik tomonidan mazkur masala yuzasidan to‘liq tushuntirish berildi.
Vazirlikning 2025-yil 11-iyuldagi 03-32-1540-sonli ko‘rsatma xatida 2024-yilda malaka oshirish kursidan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarning keyingi majburiy malaka oshirish navbati kelgunga qadar sertifikati o‘z kuchida bo‘lishini inobatga olib, ushbu pedagoglarga belgilangan tartib bo‘yicha maksimal ball berilishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.
Quyida vazirlik izohini batafsil keltirib o‘tamiz
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga 1-ilovada Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari jadvalining 7-pozitsiyasida malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi bo‘yicha maksimal 10 ballgacha baholash belgilangan.
Mazkur baholash mezoni jadvalining izoh qismida 7-pozitsiyaga izoh berilgan bo‘lib, bunda agar pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball berilishi qat’iy belgilangan.
Hozirgi kunda joylardan pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslariga jalb etilmagan bo‘lsa ham, ishchi guruhlar tomonidan asossiz ravishda malaka oshirish kursidan o‘tmagan degan vaj bilan ball qo‘ymaslik holatlari haqida haqli e’tirozlar kelib tushmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga muvofiq yangi tartib joriy etilgan bo‘lib, bunga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining xodimlari besh yilda bir marotaba (eski tartibga ko‘ra bir yilda bir marotaba) majburiy malaka oshirish kurslariga jalb etilishi hamda har yili tashkilot xodimlarining o‘rtacha 20 foizi malaka oshirish lozimligi belgilab berilgan.
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikat o‘z kuchida bo‘ladi, belgilangan vaqtda o‘quv kursiga bormagan, shuningdek, uzrli sabablarsiz qatnashmagan hamda belgilangan namunadagi sertifikatni olmagan holatlar bundan mustasno.
Yuqoridagilarni hamda 2024-yilda malaka oshirish kursidan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarning keyingi majburiy malaka oshirish navbati kelgunga qadar sertifikati o‘z kuchida bo‘lishini inobatga olib, ushbu pedagoglarga yuqorida qayd etilgan baholash mezonining 7-pozitsiyasi izoh qismida belgilangan tartib bo‘yicha maksimal ball berilishi maqsadga muvofiq”, - deyiladi vazirlikning rasmiy ko‘rsatma xatida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va san’at maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumta’lim maktablari bilan bir xil bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha ishlashi lozim.
Yangiliklar
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Har bir tumandan 5 nafardan, jami 110 nafar maktab o‘qituvchilari ro‘yxati shakllantirilgan. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar 30 nafar pedagoglar Turkiya davlatida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirib kelgan.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang