Biz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari vazir ustamasidan norozimiz

20:30 / 25.03.2024
12.34k
“Muallimdan maktub” loyihamizga bir guruh boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan murojaat kelib tushdi. Ular asosan joriy yilning 19-fevral kuni vazir jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlarida tushgan test savollaridan norozi bo‘lgan.
Men boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiman. 19-fevral kuni vazir jamg‘armasi ustamasi uchun test sinovi o‘tkazildi. Respublikadan 80 ball olib o‘tdim degan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini eshitmadim. Bu degani boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilimsiz emas, shunchaki savollar darajasi yuqori. Axir qanday qilib 35 ta adabiyotni o‘zlashtirishsin ular?
Ona tili, tarix, geografiya fanlaridan yuqori ball olgan ustozlar bor yo‘g‘i 8 ta adabiyotni o‘qishgan. Bundan tashqari berilgan spetsifikatsiya bo‘yicha savollar tuzilmagan. Berilgan savollar fan doirasida emas. O‘z fanimizdan 30 ta berilgan, biz ham 80, 90 yoki 100 ball olardik. Attestatsiyada olishyaptiku toifani boshlang‘ichlar. Shaxsan men ham 1,5 yilda olganman oliy toifani.
Qani o‘qish, ona tili,matematika, tarbiya fanlaridan testlar? Bitta ham yo‘q. Kombinatorikadan bitta tushdi salomlashish haqidagi savol. Tabiiy fandan ham tushgan savollar boshlang‘ichga umuman aloqasi yo‘q.
Hurmatli masʼullar, respublika bo‘ylab o‘qituvchilar sonini hisoblasangiz boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari eng ko‘pini tashkil etadi. Qachon bizga imkoniyat beriladi? Milliy sertifikat olish uchun 2 ta fanni oliy darajada bilishimiz kerak. Olsak ham alohida-alohida fandan olib bor yo‘g‘i 12-13 soatga qo‘shimcha to‘lovlar olamiz.
Umumiy qilib aytsam boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga alohida milliy sertifikat joriy etilishi kerak. Agar vazir ustamasi testlari shu darajada tuzilsa, umuman kerak emas boshlang‘ichlarni olib tashlang kvotadan. Natijani ko‘rib hech kimni asabi buzilmasin. Biz hali qanchadan-qancha bolaga harf tanitib, bilim berishimiz kerak.
Yana bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi test sinovida tushgan savollarni quyidagicha izohlaydi:
Test tuzishda boshlang‘ich mutaxassisi umuman qatnashmagan ko‘rinadi. Har bir fan ularning nazdida oson deb bilingan savollar terib olinganda, boshlang‘ich faniga kiritib yuborilgan bo‘lsa kerak.
Masalan, “paralel nima?” savoli 7-sinf geografiyasida bor, kavsh qaytaruvchilar haqidagi savol 6-sinf zoologiyasidagi maʼlumot. Buni bir qanchasini davom ettirish mumkin. Savol tuzgan odamni o‘tkazib, biz uchun tuzilgan savollar kabi shunday savol tuzib bersak 50 % ham yecholmasligi aniq. Boshqa fan o‘qituvchilarining oson olishi ham shundan. O‘zining fanidan 30 ta savol bo‘lgandan keyin oladida.
Boshqa bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi quyidagicha murojaat qoldirgan:
Men 34 yildan buyon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat olib bormoqdaman. Bu yil vazir ustamasiga nomzodim qo‘yilgan edi. Testga borib juda xafa bo‘ldim. Test umuman boshqacha edi. O‘z sohamizdan savollar tushmadi. 65 ball olibman.
O‘zi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga eʼtibor yo‘q edi. Aslida hamma mashaqqat, hamma mas'uliyat bizning zimmamizda. Men 40 nafar o‘quvchiga harf tanitib, savodini chiqarib bu darajada qiynalmagan edim. Test topshirib, savolliklarini ko‘rib bunchalik nohaqlikka chiday olmadim.
Shuncha yil ishlab testda berilgan savollarga duch kelmagan edim. Bunday qilib test tuzgandan ko‘ra bizni umuman nomzodimizni qo‘ymay qo‘yaqolinglar.
Maʼlumki, boshqa fan o‘qituvchilariga vazir jamg‘armasi hisobidan ustamaga daʼvogarlik qilishi uchun imkoniyat kengroq bo‘lib, ularning o‘quvchilari oliy taʼlim muassasalariga yoki Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija ko‘rsatgan yoki xalqaro yoki respublika miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lishi belgilangan.
“Boshlang‘ich taʼlim” yo‘nalishi bo‘yicha nomzod sifatida esa o‘quvchilari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan boshlang‘ich sinf pedagog kadrlari taqdim etilishi mumkin xolos.
Yaʼni, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilari musobaqa va tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritsa ham ular vazir ustamasiga nomzodlik qilolmaydi. Ular faqat 4 yilda bir marotaba, yaʼni o‘quvchisini tayyorlab, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kiritishi kerak bo‘ladi.
Yaʼni, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilari musobaqa va tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritsa ham ular vazir ustamasiga nomzodlik qilolmaydi. Ular faqat 4 yilda bir marotaba, yaʼni o‘quvchisini tayyorlab, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kiritishi kerak bo‘ladi.
Maʼlumot uchun, amaldagi tartibga ko‘ra vazir jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlarida foydalanadigan nazorat materiallari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tayyorlangan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

11:44 / 03.07.2025
Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi

13:51 / 02.07.2025
Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi

18:50 / 27.06.2025
Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi

20:35 / 26.06.2025
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar

Bu yil 1000 nafar o‘qituvchiga vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining joriy yil 30-maydagi 174-sonli buyrug‘i bilan 2025-yil uchun har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi.
12:29 / 24.06.2025

“Open Budjet” mashmashasi: O‘zlari majburlab, o‘zlari jazolashmoqda
So‘nggi kunlarda pedagog xodimlar va o‘quvchilarning “Open Budjet” uchun ovoz yig‘ish ishlariga majburiy jalb qilinishi yana kun tartibiga chiqdi.
00:54 / 16.03.2025

Pedagoglarga vazir ustamasi berishning yangi tartibi tasdiqlandi
Endilikda Vazir jamgʻarmasidan ustama olish uchun nomzodlarni saralab olishning birinchi bosqichi toifa testlari natijalari asosida amalga oshiriladi.
14:22 / 03.03.2025

Bu yil ham vazir ustamasi kvotasi to‘lmadi, qayta test o‘tkaziladimi?
2025-yil uchun ajratilgan 1 500 ta kvotalar uchun 27 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatga olingan 4 499 nafar nomzodning 4 434 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.
19:50 / 28.02.2025
Izohingizni tahrirlang