Xalqaro va milliy sertifikatlarga oid hujjat loyihasi muhokamalar portaliga joylandi
12:00 / 10.05.2024
16.08k
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–134-sonli farmoniga ko‘ra, xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga – ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz, Milliy sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga esa 20 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.
Shundan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 28-iyuldagi qo‘shma qarori bilan esa 2023-2024 o‘quv yili davomida umumta’lim maktablarining pedagoglariga 50 va 20 foiz ustama to‘lab beriladigan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangandi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi yo‘lga qo‘yilgach, pedagoglarga ustama to‘lashda muammolar yuzaga kela boshladi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7-may kuni Rash modeli bo‘yicha fan o‘qituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, Boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) yo‘nalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish bo‘yicha hujjat loyihasi ishlab chiqilib, muhokamalar portaliga joylashtirilgan.
Hozirgi kunda xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida yangi hujjat loyihasi muhokamasi davom etmoqda. Albatta, hujjatda ba’zi yangiliklar ham bor.
Loyiha muhokamasi joriy yilning 22-mayiga qadar davom etadi. Mazkur masalaga befarq bo‘lmagan pedagoglar loyihaga o‘z takliflarini kiritishi mumkin.
Izohlar 30
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
13:00 / 09.06.2026
Kirish imtihonida qatnashgan abituriyentlarning 73 foizi talaba bo‘lolmadi
11:01 / 09.06.2026
5 ming nafardan ortiq o‘qituvchi attestatsiyasiz toifa oldi
15:21 / 04.06.2026
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
15:28 / 03.06.2026
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va san’at maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumta’lim maktablari bilan bir xil bo‘ladi.
12:48 / 02.06.2026
Yangiliklar
“X-variant” mojarosiga to‘liq nuqta qo‘yildimi?
Agentlik tahririyat bilan bog‘lanib, bir qancha savollarimizga javob berib, tarix fanidan o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihonining tahliliy natijalarini ham tahririyat ixtiyoriga topshirdi.
23:18 / 19.05.2026
So'ragan edingiz
Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha ishlashi lozim.
16:00 / 11.06.2024
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
21:37 / 09.07.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang