Kasbiy sertifikat imtihonidan qolib ketganlar taqdiri nima bo‘ladi?

10:20 / 06.06.2024
6.23k
Savol
Men ham stajyor o‘qituvchiman, kasbiy sertifikat imtihonidan umuman xabarim bo‘lmagan. Direktorimiz ham xabar bermagan. Endi meni ishdan bo‘shatishmoqchi. Shu to‘g‘rimi?
Javob
Joriy yilning 21-22-may kunlari maktabga birinchi marta ishga kirgan stajyor-o‘qituvchilar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentning 6-bandiga ko‘ra talabgor o‘z muddatida kasbiy sertifikatlash jarayoniga jalb etilishi uchun u faoliyat ko‘rsatayotgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining rahbari mas’ul hisoblanadi.
Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi, qoida tariqasida, har yili mart - may oylarida o‘tkaziladi.
Agar stajyor o‘qituvchi o‘z vaqtida kasbiy sertifikatlash imtihoniga jalb qilinmagan bo‘lsa, u holda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ichki imkoniyati hamda talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqib, yilning boshqa oylarida ham nazorat sinovlari o‘tkazishi mumkinligi belgilangan.
Uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi o‘quv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi.
Kasbiy sertifikat imtihonidan qolib ketgan talabgorlar navbatdan tashqari tashkil etilgan nazorat sinovida ishtirok etadilar. Shunday ekan, bu vaziyatda siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi.
Shuni alohida eslatib o‘tish joizki, pedagog xodimlar ham bu kabi jarayonlardan xabarsiz qolib ketmasligi uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalari hamda xalqtaliminfo.uz saytini muntazam kuzatib borishi maqsadga muvofiq.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

17:30 / 31.08.2025
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakunlandi

10:00 / 30.08.2025
Bog‘cha mudirasi lavozimini 1000 dollarga pullamoqchi bo‘lgan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi

18:11 / 30.08.2025
Endilikda Toshkentda 10-11-sinf o‘quvchilar davomati kamera orqali nazorat qilinadi

17:52 / 29.08.2025
Maktabda obuna va majburiy mehnat aniqlansa, direktor ishdan ketadi – Sirdaryo hokimi
Mavzuga doir yangiliklar

Xorijiy til o‘qituvchilarining maktablarda ishlash tartibi bo‘yicha to‘liq tushuntirish
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan ayrim savollarga ham batafsil javob beramiz.
18:10 / 01.08.2024

Attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlash test sinovlari qaysi manzillarda o‘tkazilishini bilasizmi?
Vazirlik malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillarini e'lon qilgan.
21:00 / 26.03.2024

Ikkinchi marta ham kasbiy sertifikat ololmaganlar taqdiri nima bo‘ladi?
Yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi
11:26 / 22.08.2024

“Ish staji hamda malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglarni kasbiy sertifikat sinovlariga jalb qilish mumkin emas” – Vazirlik
Ayrim direktorlar topshiriqlar ijrosini noto‘g‘ri talqin qilgan
21:43 / 15.08.2024
Izohingizni tahrirlang