“Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakunlandi
Joriy yilning 31-may kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi respublika bo‘ylab barcha hududlarda o‘quvchilarning yozgi ta’til davomidagi vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari boshlanganini rasman e’lon qilgandi.
Bu tadbirlar doirasida respublika bo‘ylab 7 mln nafar o‘quvchi-yoshlar uchun madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.
Mohiyatan ushbu tadbirlar yozgi ta’til vaqtida tashkil etilib, o‘z nomi bilan 90 kun davom etishi belgilangandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur tadbirlar qanday o‘tgani yuzasidan yakuniy ma’lumotlarni e’lon qilmagan bo‘lsa-da, “Dolzarb 90 kun” tadbirlari avgust oyining so‘nggi kunlarida rasman yakunlandi, deb xulosa qilish mumkin.
“Dolzarb 90 kun” tadbirlari qanday o‘tdi?
Tadbirlar boshlanishi bilan mehnat ta’tiliga chiqqan pedagoglarga mazkur tadbirlarda ishtirok etish yuzasidan noqonuniy topshiriqlar berila boshladi. Shundan so‘ng, xalqtaliminfo.uz saytida hududlarda kuzatilgan holatlar bo‘yicha tanqidiy maqola e’lon qilindi.
Shuningdek, xalqtaliminfo.uz tahririyati tomonidan joriy yil 2-iyun kuni “Dolzarb 90 kun” tadbirlarining huquqiy asosi va amalga oshirish tartibi, shuningdek ushbu tadbirlar pedagog xodimlarning yillik mehnat ta’tili davomida ularning dam olish huquqlariga zid kelmasligini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikka asoslangan izohlarni taqdim etishni so‘rab, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov yuborildi.
Keyinroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Dolzarb 90 kun” tadbirlarining 14-kunida hududlarda kuzatilayotgan holatlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
Unda vazirlik pedagoglarning yozgi ta’til davrida mehnat ta’tiliga chiqishi uchun tegishli reja-grafik tasdiqlanganligi va mazkur rejaga asosan pedagoglarning belgilangan kunlarda mehnat ta’tiliga to‘liq chiqishi ta’minlanishini aytib, ushbu tadbirlarga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish rejalashtirilganligini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 2-sentyabrdan respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanadi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Muallimdan maktub
O‘zbekistonlik o‘qituvchilar yozgi ta’tilni qanday o‘tkazdi?
O‘zbekistonlik aksariyat o‘qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda qo‘shimcha ishlarda ishlash odatiy holga aylanib ulgurgan. Sabab esa bitta — dars soatlarining yetishmasligi, oylik maosh kamligi.
Yangiliklar
Nihoyat, vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Vazirlikning tahririyatimizga yo‘llagan rasmiy javob xatida ta’kidlanishicha, yozgi ta’til vaqtida hech bir pedagogning mehnat huquqlari buzilmasligi nazarda tutilgan.
Muallimdan maktub
“Dolzarb 90 kun” tadbirini deb, direktorning boshi baloga qoldi...mi?
“Dolzarb 90 kun” tadbirini o‘tkazgan maktab direktori chaqirtirlidi. Aslida, tadbirga taniqli olimlar, yozuvchilar ham taklif qilingan. Shuningdek, maktab direktori Rustam Abduvohidovning tashabbusi bilan “Yoshlar festivali” ham tashkil etilgandi.
Yangiliklar
Vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlari yakuni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi
Ammo vazirlik “Dolzarb 90 kun” tadbirlarga o‘z ixtiyori bilan qatnashgan pedagoglarni bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish masalasiga to‘xtalib o‘tmagan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang