Sentyabrda ishga kirgan o‘qituvchiga necha kunlik "otpuska puli" chiqadi?

21:50 / 08.07.2024
9.69k
Savol
Men 2023-yilda o‘qishni tamomladim va sentyabrdan maktabda ish faoliyatini boshladim. Menga otpuska 36 kunlik chiqadi deyishyapti. Menga aslida necha kunlik otpuska puli chiqishi kerak?
Javob
Mehnat kodeksining 227-moddasiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi.
Mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.
Ya’ni, xodim sentyabr oyida ishga kirib, iyun oyidan mehnat ta’tiliga chiqdi deylik, bunda xodimga to‘liq 56 kalendar kun mehnat ta’tili beriladi, ammo ta’til puli ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda, ya’ni 9 oy uchun to‘lab beriladi.
Bunda 56/12=4,666. 4,666*9=42 ta’til kuni chiqadi. Ammo, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari”ga muvofiq ta’til pulini hisoblashda ish kunlariga haq to‘lanadi.
Endi yuqoridagi 42 kunni 7 ga bo‘lib olamiz. Chunki, bir haftada 7 kun mavjud. 42/7=6. Endi ana shu 6 sonini, yana 6 ga ko‘paytirib olamiz. Nima uchun aynan 6 ga ko‘paytirildi? Chunki, yakshanba chiqarib tashlandi. Shundan so‘ng, 6*6=36 ta’til kuni chiqadi.
Demak, sentyabrda ishga kirgan xodimlarga 56 kalendar kun mehnat beriladi, ammo 36 kun uchun ta’til puli to‘lab beriladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

09:12 / 05.07.2025
8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi

11:44 / 03.07.2025
Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi

13:51 / 02.07.2025
Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi

18:50 / 27.06.2025
Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi
Mavzuga doir yangiliklar

Ta’til puli kechikib tushsa, har bir kechikkan kun uchun xodimga kompensatsiya to‘lanadimi?
Pulli kompensatsiyani direktor o‘z cho‘ntagidan to'lamaydi.
23:15 / 26.06.2024

“Soatbay dars o‘tadigan pedagoglarga ham mehnat ta’tili berilishi kerak” — Saidali Muxtoraliyev
Saidali Muxtoraliyevning fikriga ko‘ra, Adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan va soatbay haq to‘lash tartibini belgilovchi hujjat (3127-sonli) Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga zid bo‘lib, bu pedagoglarning mehnat ta’tili olish huquqini cheklab qo‘ymoqda.
17:09 / 11.06.2025

Ayrim toifadagi o‘qituvchilar 60 kalendar kunlik ta’tilga chiqsa bo‘ladimi?
56 kun yillik yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bo‘lgan pedagog xodim MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tilni olishga haqlimi?
00:02 / 14.05.2025

Ish haqi saqlanmaydigan ta’til haqida nimalarni bilasiz?
Ushbu maqolada ish haqi saqlanmaydigan ta’til tushunchasi haqida so'z boradi
16:00 / 16.12.2024
Izohingizni tahrirlang