"O‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda" — vazirlik
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati O‘zbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilganligi yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bayonotda ayrim tafsilotlar ham ochiqlandi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 7-14-iyul kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4 nafar o‘quvchi ishtirok etgan. Shuningdek, olimpiadada o‘quvchilar bilan birga 3 nafar jamoa rahbari va o‘z hisobidan 2 nafar kuzatuvchi-o‘qituvchi qatnashgan.
Olimpiada sinovlaridan so‘ng, tashkiliy qo‘mita tomonidan jamoalarning olimpiada nazorat materiallarini ingliz tilidan o‘z ona tillariga tarjima qilish jarayonida qo‘shimcha belgilardan foydalanish holatlari aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi tomonidan o‘quvchisiga yordam berishga harakat qilingan.
Shu sababli, mazkur holat bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘quvchilarning natijalarini inobatga olmaslik qarori qabul qilingan.
"Shuni alohida ta’kidlash lozimki, keyingi yilda O‘zbekiston jamoasi ishtiroki masalasi hali aniq belgilanmagan. Bu bo‘yicha aniq qaror 2025-yil olimpiadasiga taklifnoma jo‘natish jarayonida ma’lum bo‘ladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarimizning nufuzli xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda", - deyiladi Axborot xizmati bergan rasmiy bayonotda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 190 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijani qayd etgandi.
Yangiliklar
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 yillik tanaffusdan so‘ng Xalqaro biologiya olimpiadasida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston 2024-yilda Xalqaro biologiya olimpiadasidan akademik halollik tamoyillari buzilgani sababli chetlashtirilgandi, 2026-yildan esa mazkur olimpiadada ishtirok etish huquqini qayta qo‘lga kiritgandi.
Yangiliklar
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 56-Xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) qatnashgan yosh fiziklar tarixda birinchi martda 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Yangiliklar
Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilgan Oʻzbekiston endi ikkita nufuzli olimpiadaga mezbonlik qiladi
2026-yilda Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida eng nufuzli fan olimpiadalaridan sanaluvchi Xalqaro kimyo olimpiadasi va Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang