Top.Mail.Ru
O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta medalni qo‘lga kiritdi

15:40 / 20.07.2024 2.39k

O‘zbekiston terma jamoasi 65-Xalqaro matematika olimpiadasida 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.


Mazkur olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.


Medal sohiblari bilan tanishing: 


  • Ozobek Axtamov –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal; 


  • Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal; 


  • Madina Suyunova —  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


  • Elbek Zohidjonov —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


  • To‘lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi— kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Izohlar 2

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Xalqaro olimpiada

Ulashish