66 ta maktabning pedagog jamoasiga 40 foizgacha ustamalar tayinlandi
O‘quvchilar bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning 2024-yil 30-avgustdagi 286-sonli buyrug‘i bilan 10 foizdan 40 foizgacha ustamalar tayinlandi.
Xabaringiz bor, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining har biriga 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytirilmoqda.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qarori bilan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab o‘qitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, o‘quvchilari ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilariga ustama berish tartibi joriy etilgandi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan umumta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirish uchun hududiy boshqarmalarda doimiy ravishda ishlaydigan Monitoring guruhlari faoliyat olib boradi.
Rahbar va pedagog kadrlariga ustama to‘lanadigan umumta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirish quyidagi ikki bosqichda amalga oshirildi:
1-bosqichda Monitoring guruhi tomonidan baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning elektron jurnal ma’lumotlari asosida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining yillik o‘rtacha baholari tahlil qilinadi hamda tegishli hududning jami umumta’lim maktablari soniga nisbatan eng yaxshi natija ko‘rsatgan birinchi 20 foiz umumta’lim maktablari saralab olinadi.
2-bosqichda 1-bosqich doirasida saralab olingan umumta’lim maktablari Monitoring guruhi tomonidan quyidagi mezonlar asosida tahlil qilinadi:
- baholashning yangi tartibi bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilganligi hamda o‘quvchilar bilimi belgilangan mezonlar asosida baholanganligi;
- baholash ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi;
- fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalar BSB tahlillari olib borilganligi va o‘quvchilar tomonidan bajarilgan loyiha ishlari tahlili;
- so‘rovnomalar o‘tkazilganligi va ularning tahlili.
Monitoring guruhi baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumta’lim maktablari tomonidan ikkita bosqich doirasida jami to‘plangan ballardan kelib chiqib, ularning hududlar kesimidagi ro‘yxatini shakllantirildi.
1-bosqich yakuni bo‘yicha saralab olingan va 2-bosqich doirasida tahlil qilingan 20 foiz umumta’lim maktablarining rahbar va pedagog kadrlariga ushbu maktablar tomonidan ikkita bosqich doirasida jami to‘plangan ballarga qarab quyidagi miqdorlarda ustama belgilandi:
- tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan birinchi 5 foiz umumta’lim maktablariga — 40 foiz;
- tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan keyingi 10 foiz umumta’lim maktablariga — 30 foiz;
- tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan ballar ketma-ketligida eng yaxshi natija ko‘rsatgan keyingi 15 foiz umumta’lim maktablariga — 20 foiz;
- tahlil qilingan qolgan umumta’lim maktablariga — 10 foiz.
2024-2025-o‘quv yili (1-sentyabr)dan boshlab bir kalendar yil davomida Monitoring guruhlari tomonidan tavsiya qilingan umumta’lim maktablarining rahbar va pedagog kadrlariga ustamalar belgilangan tartibda ularning oylik maoshlariga qo‘shib to‘lanadi.
Agar umumta’lim maktablarining rahbar va pedagoglari bilan mehnat shartnomasi bekor qilinsa, ustama to‘lanishini to‘xtatiladi.
Ma’lumot uchun: Monitoring guruhlarining tahlillariga binoan baholar haqqoniy qo‘yilmaganligi uchun 34 ta maktab ro‘yxatdan chiqarib yuborildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Maktab direktori va uning o‘rinbosarlari faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining (KPI) baholash metodikasi va tartibi belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang