Pedagoglar maoshi hali ham pastligicha qolmoqda
Statistika agentligi 2024-yil yanvar-sentyabr holatiga ko‘ra eng ko‘p va kam maosh olayotgan soha vakillari haqidagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning o‘rtacha oyligi 2024-yilning III choragiga kelib 5,1 mln so‘mni tashkil qilgan.
Bunda har doimgidek, eng quyi pog‘onalarni ta’lim sohasi vakillari egallagan bo‘lib, ularning o‘rtacha ish haqi 3 mln 484,7 ming so‘mni tashkil etgan. Bu yo‘nalishda ta’lim tizimi vakillari ancha vaqtdan buyon o‘z o‘rnini “hech kimga bermay” kelmoqda. Ya’ni, ularning maoshlarida deyarli o‘sish kuzatilmayapti.
Yuqoridagi statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2020/2024-yillar oralig‘ida pedagoglar o‘rtacha ish haqi atigi 1 mln 545 ming so‘mga oshgan bo‘lib, bunda bank, sug‘urta, lizing va vositachilik faoliyati xodimlari ish haqini 8 mln 674 ming so‘mgacha oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni, hozirgi kunda eng yuqori maoshlar bank, sug‘urta, lizing va vositachilik faoliyatiga to‘g‘ri kelib, ularning o‘rtacha oylik ish haqi 14 mln 488,8 ming so‘mni tashkil etmoqda.
Ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’limda (8 115,6 ming so‘m), eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’limda (1 874,5 ming so‘m) kuzatildi.
Ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida (5768,2 ming so‘m), Namangan (3 464,9 ming so‘m) hamda Toshkent viloyatlarida (3 439,9 ming so‘m) kuzatildi. Yuqori o‘sish sur’ati Toshkent shahrida (116,3 %) va Samarqand viloyatida (115,8%) qayd etildi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov O‘zbekiston o‘qituvchilari oyligini qo‘shni Qirg‘iziston bilan solishtirdi
Iqtisodchining tahlillariga ko‘ra, Qirg‘izistonda o‘qituvchilarning o‘rtacha oyligi 3 mln 955 ming so‘mdan ziyodni tashkil etadi (qirg‘iz somida 26 400 so‘m). Qiziq jihati, Qirg‘izistonda o‘qituvchilarning o‘rtacha maoshi qirg‘izistonliklarning o‘rtacha maoshi bilan bir xil. Ya’ni o‘qituvchilikni tanlagan qirg‘izistonliklar boshqa qirg‘izistonliklardan kambag‘al emas.
“O‘zbekistonda o‘qituvchilarning maoshi o‘zbekistonliklarning o‘rtacha maoshidan uchdan biriga kam. Jarangdor shiorlar va chaqiriqlarga qaramay, oxirgi yillarda o‘zbekistonlik o‘qituvchilar maoshi nisbiy kamayishda davom etmoqda.
O‘zbekiston o‘qituvchilarining maoshi qirg‘izistonlik o‘qituvchilar maoshidan sezilarli darajada kamligi qaror qabul qiluvchilarni o‘yga toldirishi kerak. Zero, O‘zbekistonda jon boshiga YAIM (2 700 dollar) Qirg‘izistonga (1 970 dollar) nisbatan 37% baland”, - deydi iqtisodchi Otabek Bakirov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda ayni vaqtda 6 mingga yaqin o‘qituvchilar 10 million so‘m maosh olishmoqda. Bu esa umumiy o‘qituvchilar kontingentining atigi 1 foizini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab, byudjet tashkilotlarida ishlovchi maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga oshirildi. Umuman olganda, pedagoglar maoshi boshqa byudjet tashkiloti xodimlarining maoshiga nisbatan 5 foizga oshirildi.
Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining joriy yilgi budjeti jami 46,6 trillion so‘m bo‘lib, uning 84,7 foizi yoki 36 trillion so‘mi (oyiga 3 trillion so‘m) ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Vazirlik o‘qituvchilarga “Canva” uchun 20 million dollar to‘ladimi?
Davlat oliygohlariga hujjat topshiruvchilar soni tobora kamayib boryapti
Jazirama issiqdan xodimlarni himoya qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar aytildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
Yangiliklar
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
So'ragan edingiz
Vazir ustamasi puli “otpusknoy”ga qo‘shiladimi?
Har yili bizga ushbu ustama pullari qo‘shib hisoblanib, ta’til puli to‘lanmaydi. Vaholanki, undan daromad solig‘i olinadi.
So'ragan edingiz
Yangi olingan malaka toifasi uchun qachondan boshlab to‘lov qilinadi?
Malaka toifasi (lavozimi) saqlangan yoki oshirilgan pedagoglarga qo‘shimcha haq to‘lovlarini amalga oshirishga hech qanday limit belgilanmagan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang