Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shokirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Sevara Shokirova Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Tayinlovga qadar esa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, tayinlovda avval ushbu lavozimda Taxirov Bosit Baxtiyarovich faoliyat yuritib kelayotgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Endi o‘quvchilar har yili chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Toshkent viloyatida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berilayotgani aniqlandi

5 oy ichida Toshkent viloyati MMTB rahbari yana almashtirildi

Maktabgacha va maktab ta’lim tizimi mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilgan sohalardan biri deb topildi
Mavzuga doir yangiliklar

5 oy ichida Toshkent viloyati MMTB rahbari yana almashtirildi
Burxonov Shukur Burxanovich Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga yangi prorektor tayinlandi
Kazakova Saxiba Abdurayimovna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi
Shakirova Sevara Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori, Xasan Shakirov direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Vazir Hilola Umarovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Karimova E’zozxon Gapirjоnovna Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari — Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Izohingizni tahrirlang