O‘qituvchining darslarini videokamerada kuzatib, reyting bo‘yicha oylik berish kerakligi aytildi
Bolalarga yaxshi ta’lim bermagan o‘qituvchilarga kamroq maosh berish kerakligini aytgan Alisher Qodirov o‘qituvchilarga ko‘proq pul ajratilishiga ham rozi ekanligini ta’kidlar ekan, malaka toifasi degan narsani umuman o‘rtadan olib tashlab, pedagoglar darsini videokamerada kuzatib, reyting bo‘yicha oyligini belgilash kerakligini aytdi.
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisida chiqish qilgan, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovning bolalarga yaxshi ta’lim bermagan o‘qituvchilarga kamroq maosh berish haqidagi taklifi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Shundan so‘ng, “Milliy tiklanish” partiyasining boshqa bir deputati Azamat Pardayev holatga munosabat bildirib, Alisher Qodirovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yig‘ilishida aytgan fikrlari kontekstdan yulib olinib, noto‘g‘ri talqin qilinganligini aytdi.
“Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, deganlaridek, aslida Alisher Qodirov bildirgan fikrlarda jamiyat manfaatlari, kelajak avlodning sifatli ta’lim olish borasidagi huquqlari kafolati, davlat byudjeti mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish masalalari asosiy mazmun kasb etgan edi.
Shu bilan birga, partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi o‘qituvchilarning moddiy manfaatdorligini yanada oshirish bo‘yicha o‘zining aniq pozitsiyasiga ega”, - degan Azamat Pardayev o‘z munosabatida.
Mazkur yig‘ilishda esa partiya yetakchisi Alisher Qodirov Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilovga oliy toifaning haqiqiy ko‘rsatkich berayotganiga ishonasizlarmi, degan savolni bergan va malaka toifasi degan narsani o‘rtadan olib tashlab, pedagoglar darsini videokamerada kuzatib, reyting bo‘yicha oylik berish kerak degan taklifni ilgari surgan.
“O‘qituvchilarga pul ajratilganini biz ko‘p demayapmiz. Hattoki bundan ham ko‘proq bo‘lishiga rozimiz, masala yo‘q! O‘qituvchi olyaptimi, halol bo‘lsin, to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Lekin bu mablag‘ni samaradorlik nuqtayi nazaridan ko‘rish [kerak].
[Sizlar] toifaga ajratyapsizlar-ku, uchta toifaga: oliy toifa, o‘rta toifa qilib. Oliy toifaning haqiqiy ko‘rsatkich berayotganiga o‘zinglar ishonasizlarmi? Haqiqiy zo‘r o‘qituvchiga toifasiga qaramasdan, toifa degan narsani umuman o‘rtadan olib tashlab, zo‘r oylik beraylik.
Raqobatga dosh berolmasdan, o‘quvchini urish, kaltaklash, tepish, masalan, haqorat qilishdan boshqa narsaga arzimaydigan o‘qituvchilar raqobatdan sinib, maktabdan chiqib ketaversin. Hozir o‘shanaqa o‘qituvchilar direktor bilan yaxshi bo‘lgani uchun otning kallasidek oylik olyapti. Lekin o‘sha maktabning o‘zida zo‘r o‘qituvchi kam oylik olyapti, toifa ololmayapti, chunki.
Yaxshi o‘qituvchining darsini videokamerada kuzatib, “yaxshi o‘qituvchi ekan” deb, otning kallasidek, reyting bo‘yicha oyligini beraveringlar. Samaradorlik nuqtayi nazaridan Iqtisodiyot va Moliya vazirligi shunga nimaga qaramayapti?”, - degan Alisher Qodirov.
Ma’lumot uchun: Saytda e’lon qilingan ushbu maqoladan so‘ng, Alisher Qodirovning fikrlari kontekstdan yulib olinib, noto‘g‘ri talqin qilindi degan fikrga borilmasligi uchun, partiya yetakchisining rasmiy telegram-sahifasiga joylangan videoda tilga olingan fikrlarini so‘zma-so‘z keltirishga harakat qildik.
Joriy yil 25-noyabr kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni esa partiyaning rasmiy sahifalaridan topishning imkoni bo‘lmadi.
Izohlar 2
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘zbekistonlik yana bir o‘quvchi Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutib oldi
2026-yilda xorijdan keladigan o‘qituvchilar uchun 700 mlrd ajratiladi
O‘quvchilarni maktab hududini obodonlashtirishga jalb qilgan direktorga 20 mln so‘m jarima solindi
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2026-yilda ham darsliklar ijarasi bepul bo‘ladi, 106,4 mln dona nusxa darslik va mashq daftarlari chop etiladi
2026-yilda maktab darsliklari uchun 1 trln 985 mlrd so‘m yoki 2025-yilga nisbatan 53 foiz ko‘p mablag‘lar yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Ta'lim siyosati
2026-yilda ta’lim uchun Davlat budjetidan qancha pul ajratilyapti?
2026-yilda umumiy o‘rta ta’lim xarajatlari 63,7 trln so‘mni yoki Davlat budjeti jami xarajatlarining 15,8 foizini tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Yangiliklar
Ta’lim muassasalari yong‘in xavfsizligi uchun budjetdan qachon pul ajratiladi?
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida ta’lim tashkilotlarining yong‘in xavfsizligi uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratilmasligi masalasi ko‘tarildi.
Yangiliklar
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Avvalgi tartib bo‘yicha bir viloyatda maktab qurilishi kerak bo‘lsa, buning uchun qaror Toshkentda qabul qilinardi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang