Maktablarda qishki ta’til qachondan boshlanishi rasman tasdiqlandi
Maktablarda III chorak darslari 13-yanvardan boshlanadi. Bunda maktab o‘quvchilari uchun II chorakning so‘nggi kuni 29-dekabrdan boshlanib, 2025-yil 11-yanvarga qadar davom etadi.
Ta’til 14 kalendar kun, ya’ni 11-yanvargacha davom etadi. III chorak darslari esa 13-yanvar (shanba) kunidan boshlanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xalqtaliminfo.uz so‘roviga javoban o‘quv jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida qishki ta’til kunlariga biroz o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi.
“Ota-onalar, o‘quvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda o‘quv jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida qishki ta’til kunlari 2024-yil 29-dekabrdan boshlanib, 2025-yil 11-yanvarga qadar davom etadi.
Bunda maktablarda 2025-yil 11-yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024-yil 28-dekabr (shanba) kuniga o‘tkaziladi hamda o‘quv yilining 3-choragi 2025-yil 13-yanvar (dushanba)dan boshlanadi”, deyiladi vazirlik rasmiy xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.
Ma’lumot uchun: Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
20-iyundan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi
8 oydan buyon maktabga bormagan o‘quvchilar diniy ta’lim olayotgani ma’lum bo‘ldi
Vazirlik ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq joriy yilda maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, IV chorak 28-mart kunidan boshlanishi kerak, ammo...
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
Yangiliklar
1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyida qo‘shimcha bir haftalik ta’til beriladi
Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to‘g‘ri kelishi mustaqil ravishda belgilanadi.
Yangiliklar
Qishki ta’til oldidan ota-onalar ogohlantirildi
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang