Qayta tayyorlovdan o‘tgan o‘qituvchi mutaxassis o‘qituvchidan ko‘proq dars olishi mumkinmi?
Savol
Bizda shunday muammo bo‘layapti: Qayta tayyorlovdan o‘tgan o‘qituvchi 1-toifali, shu mutaxassislik bo‘yicha bitirgan o‘qituvchining esa toifasi yo‘q, ustuvorlik kimda? “3271”da qayta tayyorlovdan o‘tgan o‘qituvchi mutaxassis toifasidan keyin turibdi. Shunga oydinlik kiritib bering.
Javob
Ma’lumki, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami: 3271) 15-bandida o‘qituvchilarga dars soatlarini taqsimlashda hisobga olinadigan ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi keltirilgan.
Ushbu bandda jami 19 ta ko‘rsatgich belgilangan bo‘lib, ularning 8-, 9- va 11-ko‘rsatgichlarda oliy, birinchi va ikkinchi toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustuvorlik berilgan.
Quyiroqda, ya’ni 15-ko‘rsatgichda esa qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar ko‘rsatib o‘tilgan.
Ya’ni, agar maktabda ma’lum bir fandan oliy, birinchi yoki ikkinchi toifaga ega bo‘lgan o‘qituvchi bo‘lsa va shuningdek, qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchi bo‘lsa, maksimal dars soatlari eng birinchi navbatda malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga beriladi.
Endi savol muallifi keltirib o‘tgan vaziyatga e’tibor qaratamiz
Savol muallifi nazarda tutgan holat biroz boshqacharoq vaziyat. Bunda qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchining toifasi mavjud bo‘lib, fan yo‘nalishi bo‘yicha oliygohni tamomlagan mutaxassis o‘qituvchida malaka toifasi mavjud emas.
Bunday holatda dars soatlarini taqsimlashda malaka toifasiga ega bo‘lgan, qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchiga ustuvorlik beriladi.
Chunki, qayta tayyorlov o‘qituvchiga ma’lum bir fanlardan dars o‘tish huquqini beradi. Dars o‘tish huquqini olgan o‘qituvchi aynan shu fan bo‘yicha malaka toifasiga ega bo‘lib olsa, dars soatlari taqsimotida ustuvorlikni qo‘lga kiritishi mumkin.
Ya’ni, qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchining ma’lum bir fan yo‘nalishi bo‘yicha oliygohni tamomlagan mutaxassis o‘qituvchi bilan teng huquqiga ega.
Ularning maksimal miqdorda dars olish huquqi “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan ustuvor ko‘rsatgichlardan birini qo‘lga kiritgan vaqtdan boshlab paydo bo‘ladi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Endi 1-sinflarni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishi kerakmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda “Joriy o‘quv yilidan 1-sinfni o‘qitadigan o‘qituvchilar oliy yoki birinchi toifali bo‘lishlari shart” degan mazmundagi xabarlar tarqalmoqda. Bu qanchalik asosli?
So'ragan edingiz
B2 sertifikatiga ega o‘qituvchi ko‘proq dars olishi mumkinmi?
O‘qituvchi qanchalik ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritsa, uning dars taqsimoti bo‘yicha maqomi ham shunga mutanosib ravishda oshib boradi.
So'ragan edingiz
Toifa olgan o‘qituvchi ko‘proq dars talab qilishga haqlimi?
Teng malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog xodimga dars soatlarini teng miqdorda, ya’ni dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi mumkin.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
“Yurisprudensiya” hamda “Davlat va jamiyat boshqaruvi” ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qayta tayyorlov kurslaridan o‘tmasdan dars berishga ruxsat etiladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang