O‘qituvchiga o‘lim bilan tahdid qilindi, nega hamma jim?

Ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba tumanidagi 1-sonli maktabda sodir bo‘lgan holat bo‘yicha video tarqaldi. Videoda fuqaro (taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra o‘quvchining onasi) tomonidan dars jarayoniga bostirib kirilib, o‘qituvchini kaltaklab, uni o‘ldirish bilan tahdid qilinganini ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Milliy gvardiya hamkorligi doirasida maktab hududidagi ko‘ngilsiz hodisalar hamda o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida maktab qorovullari uchun qo‘shimcha talablar joriy qilinishi belgilangandi.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar barcha maktablarga “Tashvish tugmasi” o‘rnatilib, bunda ta’lim muassasasida ko‘ngilsiz holat kuzatilgan taqdirda “Tashvish tugmasi”dan foydalanish nazarda tutilgandi.
Ammo kecha, 13-fevral kuni fuqaro tomonidan ta’lim muassasasiga bostirib kirilib, pedagog xodimni kaltaklashi aks etgan videodan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Milliy gvardiyaning maktab hududidagi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish borasidagi harakatlari samarasiz bo‘lishi mumkin.
Chunki, fuqaro ta’lim muassasasiga bemalol bostirib kirib, o‘qituvchini kaltaklab, uni o‘ldirish bilan tahdid qilmoqda. Agar mazkur holat sodir bo‘lgan maktabga Milliy gvardiya xodimlari biriktirilganda yoki “Tashvish tugmasi” o‘rnatilganida vaziyat bu darajagacha borib yetmasligi mumkin edi.
O‘qituvchiga o‘ldirish bilan tahdid qilindi, nega ko‘pchilik jim?
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga izoh berib, hodisa Sardoba tumanidagi 1-sonli maktabda sodir bo‘lganligini, hozirda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati esa holat vazirlik nazoratida ekanligini bildirib, tez orada qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.
Ammo Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarida ham, vazirlik (Axborot xizmatidan tashqari) mulozimlari ham bu borada hech qanday munosabat bildirishmadi.
Shuningdek, ta’lim muassasalarida ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish bilan shug‘ullanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ham holat bo‘yicha hech qanday munosabat bildirmadi.
O‘ylashimizcha, jamiyatda o‘qituvchining obro‘sini oshirish haqida tinimsiz bong urilayotgan vaqtda rasmiy mulozimlar holat to‘liq o‘rganilguniga qadar, hech bo‘lmaganda ushbu holatni keskin qoralashi va aybdorlarga nisbatan jazo choralari ko‘rilishi haqida kichik bayonot bilan chiqishi kerak edi. Ammo mulozimlarimiz hozircha sukut saqlashmoqda.
O‘qituvchiga o‘lim bilan tahdid qilingan
Ta’lim muassasasida pedagog xodim kaltaklanib, uni o‘ldirish bilan tahdid qilingan.
Fuqaro: Nima qilyapsan bu yerda?O‘qituvchi: Darsimni beryapman...Fuqaro: Bor, yo‘qol bu yerdan, chiqib ket, sen! Bor yo‘qol, bor. Bor dedim men senga! Haqqing yo‘q seni dars berishga. Seni haqqing yo‘q, men seni o‘ldiraman, tushundingmi? (pedagogning yuziga tarsaki tushirilgan holda) Sening haqqing yo‘q, bu yerda dars berishga!O‘qituvchi: Militsiya chaqiringlar! Boring naryoqqa.Fuqaro: Bor, chiqib ket!O‘qituvchi: Yo‘q, boring bu yerdan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasiga ko‘ra, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, agar bu harakat amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Agar bu harakatlar o‘ta xavfli retsidivist, uyushgan guruh a’zosi, yoki shu guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, — uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasiga ko‘ra ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Комментарии 3
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости

Ученик, управлявший автомобилем без водительских прав, погиб в ДТП

Ученик, который работал продавцом, не посещая школу, был взят под наблюдение спустя два месяца.

Учителю, пострадавшему от гражданина, будет выдаваться направление на восстановление здоровья.

Денежное вознаграждение победителям престижных международных предметных олимпиад будет увеличено в 5 раз.
Тематические новости

Учителю, пострадавшему от гражданина, будет выдаваться направление на восстановление здоровья.
Была проведена работа по оказанию практической помощи учителю

Директор школы, подделавший посещаемость учащихся, уволен.
Заместители директора также будут уволены.

Учителю, заболевшему профессиональным заболеванием, взыскано 70 млн сумов
Эта компенсация была взыскана судом

Задержан человек, пообещавший получить ответы на тесты с национальным сертификатом
Подсудимый был задержан при получении 156 млн сумов и 8 000 долларов США
Редактировать комментарий