Oliygohlarda talabalar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
Yangi tartib 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining 1-bosqichiga qabul qilinadigan talabalarga nisbatan qo‘llanilishi reja qilinmoqda. Bunda mazkur nizom kuchga kirgunga qadar o‘qishga qabul qilingan talabalar amaldagi tartib asosida tahsil olishi mumkin bo‘ladi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, yakuniy nazoratlar asosan talabaga mustaqil fikrini bayon qilish imkonini beruvchi 3-5 ta yozma topshiriq asosida o‘tkaziladi. Biroq ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, ayrim fanlarning 30 foizigacha bo‘lgan qismida test shaklidagi yakuniy nazoratni saqlab qolishga ruxsat beriladi. Tibbiyot, san’at, sport hamda ayrim amaliy fanlarda esa imtihonlarning o‘ziga xos shakllari qo‘llanilishi mumkin.
Yana bir yangilikka ko‘ra, endilikda yakuniy nazorat imtihonlari ovoz yozish imkoniyatiga ega videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan auditoriyalarda o‘tkazilishi kerak bo‘ladi. Imtihon jarayonlari videoga yozib olinadi va kamida bir yil davomida saqlanadi.
Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yakuniy imtihonlarni oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari orqali onlayn kuzatish imkonini yaratishi belgilangan.
Loyihada yakuniy nazorat ishlarini baholash tartibiga ham o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, talabaning yakuniy imtihon ishini unga dars o‘tgan professor-o‘qituvchi emas, balki shu fan bo‘yicha dars olib bormagan boshqa professor-o‘qituvchi baholaydi. Zarurat tug‘ilganda boshqa oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilarini ham baholash jarayoniga jalb etish mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, yozma ishlarni tekshiruvchi professor-o‘qituvchi har bir savol bo‘yicha kamida 2-3 gapdan iborat izoh yozishi talab etiladi. Ushbu izohlarda qo‘yilgan ballning sabablari hamda talabaning asosiy yutuq va kamchiliklari ko‘rsatilishi lozim.
Qaror loyihasida imtihon vaqtida mobil telefon, mikroquloqchin, kompyuter va ma’lumotlarni ko‘chirishga xizmat qiluvchi boshqa vositalardan foydalanish taqiqlanishi belgilangan.
Agar bunday holat imtihon vaqtida yoki keyinchalik videoyozuvlar orqali aniqlansa, talabaning imtihon natijasi bekor qilinadi. Shuningdek, imtihon boshlanganidan keyin kechikib kelgan talabalar imtihonga qo‘yilmaydi.
Yangi tartibga ko‘ra, fanlar bo‘yicha baholash 100 ballik tizim asosida amalga oshiriladi. Joriy nazorat uchun 30 ball, oraliq nazorat uchun 20 ball va yakuniy nazorat uchun 50 ball ajratiladi.
Oraliq nazorat o‘tkazilmaydigan fanlarda esa joriy va yakuniy nazoratlar 50 balldan taqsimlanadi. Har bir nazorat turi bo‘yicha maksimal ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabagina keyingi bosqichga o‘tishi yoki fan o‘zlashtirilgan deb hisoblanishi mumkin.
Shuningdek, loyihada talabalar uchun qayta topshirish, yozgi semestrda akademik qarzdor fanlarni qayta o‘qish, baholash natijalari yuzasidan 48 soat ichida apellyatsiya berish tartiblari ham belgilab qo‘yilgan.
Hukumat qarori loyihasi hozirda normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, muhokamalar joriy yilning 12-avgustiga qadar davom etadi.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Директора школы арестовали после распределения учебных часов
В школах будут организованы новые кружки, участие в них будет бесплатным
Школьные библиотеки будут модернизированы, а заместители директоров будут отвечать за библиотек в махаллях
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Тематические новости
Высшее образование
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
249 432 nafar bitiruvchining natijalari respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim tashkiloti boʻyicha bo‘yicha tahlil qilingan. Tahlil doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoriga chiqishi uchun qancha vaqt talab etilishi, ularning qaysi qismi barqaror bandligini saqlab qolishi va oʻrtacha rasmiy daromadlari qanday ekani oʻrganilgan.
Новости
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish har bir universitetning qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Высшее образование
Talabalar tibbiyotni haqiqiy murdalar orqali o‘rganmoqdami?
Bilamizki, tibbiyotda ta’lim uzoq davom etadi — diplom olish bilan hammasi tugamaydi. Undan keyin amaliyotdan o‘tish va mustaqil ishlash uchun ruxsat olish talab etiladi. Ko‘plab talabalar hali o‘qishni tugatmasdan turib ham ishga joylashmoqda.
Новости
Davlat oliygohlariga hujjat topshiruvchilar soni tobora kamayib boryapti
2026-yilda 677 907 nafar abituriyent davlat oliygohlarida o‘qish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bu 2020-yildagi raqamlardan deyarli ikki barobar kam.
Русский
Редактировать комментарий