Top.Mail.Ru
“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?

12:31 / 11.09.2026 676

Savol

Pedagogika va psixologiya yo‘nalishida o‘qiydigan 5-kurs talabasi boshlang‘ich sinflarga “Tarbiya” darsini o‘ta oladimi? Yoki yuqori sinflarga o‘tishga ruxsat bormi? Shuni “Rayono”dan ham aniqlayolmayapmiz. Shu savolimizga javob bera olasizmi? 


Javob

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ilovaning 8-bandiga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan yuqori bosqich talabalari umumta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 13-yanvardagi 9-son buyrug‘iga ilova qilingan malaka tavsiflariga ko‘ra, oliy va tugallanmagan toʻliqsiz oliy pedagog yoʻnalishda (3 va undan yuqori kursda oʻqiydigan talabalar) tahsil oladigan talabalar ta’lim tashkilotlariga stajyor-o‘qituvchi sifatida ishga qabul qilinishi mumkinligi belgilangan. 


Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan. 


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 29-iyundagi 03-33-3272-son xati bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi pedagogika yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur ro‘yxatda “Pedagogiga” ta’lim yo‘nalishi ham belgilangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar kvalifikatsiyasi “Tarbiya” fani oʻqituvchisi sifatida belgilangan.


Ma’lumki, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturida pedagogika fanlariga oid fanlar ham nazarda tutilgan bo‘lib, keyinchalik “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi alohida ta’lim yo‘nalishlari sifatida bir-biridan ajratilgan. 


Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 29-iyundagi 03-33-3272-son xati bilan tasdiqlangan ro‘yxatda aynan “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi keltirilmagan bo‘lsada, biroq mazkur ta’lim yo‘nalishi tarkibida “Pedagogika” yo‘nalishi ham mavjud ekanligi sababli, ushbu yo‘nalishda tahsil olayotan talabalarga ham umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fani o‘qituvchisi sifatida ishlashga ruxsat etiladi, deb hisoblaymiz.


“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar boshlang‘ich sinflarda “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi? 


Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining (03.11.2025 12-mh-son) qo‘shma qarori bilan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. 


Bunda boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha dars soatlarini taqsimlashda o‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga egaligi yoki tegishincha ushbu fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olganligi inobatga olinishi belgilangan. 


Boshlang‘ich sinfda o‘qitiladigan fanlar xususan, “Tarbiya” fani ham alohida boshlang‘ich ta’lim metodikasini talab etadi. Shu sababli, mazkur vaziyatda “Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega bo‘lmasa yoki tegishli fanni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodikasi bo‘yicha ta’lim olmagan bo‘lsa, boshlang‘ich sinflardagi “Tarbiya” fanidan dars soatlariga da’vogarlik qila olmaydi.

Bunda o‘qituvchining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi mavjud ekanligi ushbu talabni o‘zgartirmaydi. 
Shu sababli, “Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga faqatgina 5-11-sinflarda “Tarbiya” fanidan dars berish tavsiya qilinadi. 


Eslatib o‘tamiz, ta’lim muassasasidagi mavjud dars soatlari pedagog xodimlar o‘rtasida “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor ketma-ketliklar asosida taqsimlanadi.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Распределение уроков

Поделиться

line

Тематические новости

You asked

Правильно ли изымать часы уроков «Физической культуры» в 1–4-х классах у учителей начальных классов?

Учитывая многочисленные обращения и пожелания учителей начальных классов, на основании указания заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан начиная с 2021/2022 учебного года учителям, имеющим право преподавать по специальности «Начальное образование», было предоставлено право преподавать предмет «Физическая культура» в 1–4-х классах общеобразовательных школ.

14:45 / 09.09.2026
You asked

Министерство дало официальное разъяснение по вопросу предоставления учебных часов школьному советнику

Можно ли выделять учебные часы сотрудникам, работающим на недавно введённой в школах должности школьного советника? По данному вопросу Министерство дошкольного и школьного образования дало официальное разъяснение.

18:08 / 05.09.2026
Новости

Директора школы арестовали после распределения учебных часов

Директор общеобразовательной школы в Чирокчинском районе Кашкадарьинской области был заключён под стражу за требование 700 долларов США в обмен на выделение учителю дополнительных учебных часов.

13:29 / 04.09.2026
You asked

24 часа в начальных, 60 часов в старших классах: как распределяются уроки информатики?

Поскольку предмет "Информатика и информационные технологии" в 1-м, 2-м, 3-м и 4-м классах направлен на развитие логического и системного мышления учащихся, определено, что этот предмет преподается учителями начальных классов.

23:23 / 03.09.2026