O‘qituvchi bir nechta ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ko‘proq dars oladimi?
Savol
Men maktabda matematika fani o‘qituvchisi vazifasida ishlayman. Maktabda 4 nafar o‘qituvchi bor. Birinchi o‘qituvchi 1-toifali xalqaro sertifikatga ega, ikkinchi o‘qituvchi 2-toifa va xalqaro sertifikatga ega, uchinchi o‘qituvchi esa 2-toifali.
To‘rtinchisi men, hali toifaga ega emasman, lekin xalqaro sertifikatim bor. Birinchi va ikkinchi o‘qituvchilar mendan ko‘ra ko‘proq dars olishlarini aytishyapti. Ularda xalqaro sertifikat bilan toifalari ham bor ekan. Shu to‘g‘rimi? 3271 da faqat oliy toifa, keyin sertifikat deyilgan, shunga javob bersangiz.
Javob
“Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandida belgilangan ustuvor ko‘rsatkichlar ketma-ketligi asosida pedagoglar o‘rtasida darslar taqsimlanadi.
Bunda eng birinchi navbatda oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglarga, undan keyin esa dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilarga dars soati ajratiladi.
Ya’ni, dars taqsimotida milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat birinchi va ikkinchi malaka toifasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.
Yuqoridagi vaziyatda ham darslarni taqsimlashda xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan, birinchi va ikkinchi toifali pedagoglarning malaka toifasiga qarab emas, aynan dars beradigan fanidan mavjud bo‘lgan xalqaro sertifikatiga qarab dars taqsimlanadi.
Bunda eng muhim qoida – sertifikatning belgilangan darajasiga qarab dars soatlarni taqsimlashni ham unutmaslik lozim. Ya’ni, bu vaziyatda pedagog xodimlarda bir xil toifadagi sertifikatlar bo‘lsa-da, ammo sertifikatning belgilan darajasi turlicha bo‘lsa, dars soatlari ham turlicha taqsimlanadi.
Savoldagi ikkinchi masalaga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu vaziyatda 3 nafar xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga (sertifikatning belgilangan darajasi ham bir xil bo‘lsa) dars soatlari teng miqdorda taqsimlanishi lozim.
Bunda ikki nafar pedagog xodimning ham malaka toifasiga, ham xalqaro sertifikatga ega ekanligi, malaka toifasi mavjud bo‘lmagan, biroq xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchiga nisbatan ko‘proq dars soati ajratilishini anglatmaydi.
Chunki, “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 16-bandi, 3-xatboshida o‘qituvchi belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanishi belgilangan. Ya’ni, nizomda ko‘rsatkichlar soni emas, eng ustuvor ko‘rsatkich hisobga olinishi aniq belgilab qo‘yilgan.
Shu sababli, mazkur holatda uch nafar pedagogning barchasida bir xil — xalqaro sertifikat mavjudligi uchun (sertifikatning belgilangan darajasi ham bir xil bo‘lsa), dars soatlari ular o‘rtasida teng taqsimlanishi lozim.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Тематические новости
You asked
O‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayaptimi?
Yangi o‘quv yili oldidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash jarayonida pedagoglar orasida savollar ko‘paymoqda. Xalqtaliminfo.uz’ga kelib tushayotgan murojaatlarda aytilishicha, bu yil ayrim maktablarda o‘qituvchilarga 20 soatdan ortiq dars berilmayapti. 20 soatdan ortib qolgan dars soatlari esa o‘qituvchilarga berilmay, vakant sifatida ko‘rsatilmoqda.
You asked
Dars soatlari taqsimoti qonuniy va adolatli amalga oshirilganmi?
Biz, 1-toifali ikki nafar yosh o‘qituvchi, ko‘proq dars soati olishni so‘rashimiz mumkinmi? Shuningdek, ikkovimizda ona tili fanidan milliy sertifikat ham mavjud. Direktorimiz esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili fanidan olgan milliy sertifikati dars soatlarini taqsimlashda hech qanday ta’sir qilmasligini va uni inobatga olmasligini aytmoqda.
You asked
Pensiyaoldi yoshidagi, o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogni ishdan bo‘shatish to‘g‘rimi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilingan.
You asked
“Psixologiya va pedagogika” yo‘nalishida o‘qiyotgan talabalar “Tarbiya” fanidan dars berishi mumkinmi?
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyundagi 422-son qaroriga ko‘ra, “Psixologiya va pedagogika” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish huquqi berilgan.
Русский
Редактировать комментарий