Attestatsiyaga ariza yuborish yakunlanishiga 5 kun qoldi
Xabaringiz bor, 2026-yil 1-avgustdan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish boshlangan bo‘lib, murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga ko‘ra, pedagog kadrlardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktyabr sanalarida to‘xtatiladi.
Ya’ni, kuzgi attestatsiya uchun vazirlik hujjatlarni faqat 1-oktabrgacha qabul qila oladi. Agar o‘qituvchilar arizani so‘nggi muddatlarda topshirsa va xatolikka yo‘l qo‘yadigan bo‘lsa, vazirlik tomonidan hujjatlar rad etilgandan keyin, o‘qituvchi uni qayta tahrirlay olmasligi mumkin.
Chunki, rad etilgan arizalar o‘qituvchilar tomonidan qayta tahrirlangunga qadar 1-oktabrga qadar belgilangan muddat tugaydi.
Shu sababli, pedagog xodimlar hujjat topshirishni oxirgi muddat yetib kelguniga qadar cho‘zmasligi, hujjatlarni vaqtliroq topshirib ro‘yxatdan o‘tib olishlarini tavsiya qilinadi. Shunda pedagoglar tomonidan yuborilgan hujjatlarda xatolik aniqlanib, vazirlik tomonidan rad etilgan taqdirda ham pedagoglar uni qayta tahrirlashga ulgurishi mumkin bo‘ladi.
Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilmagan va oxirgi muddatda ariza topshirib, hujjatlaridagi xatolik tufayli arizasi rad etilgan pedagoglar 1-oktabrdan so‘ng hujjatlarini tahrirlay olmaydi hamda attestatsiya uchun amalga oshirgan to‘lovlari ularga qaytarilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida emas, 50 foizi miqdorida to‘lov qilinadi.
Attestatsiya uchun arizalar:
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining yangilangan interfeysdagi pedkadr.uzedu.uz platformasi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
- Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun: “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 23-bandiga ko‘ra, taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr mas’ul hisoblanadi.
Nizomning 25-bandida esa noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatilishi, topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmasligi qayd etilgan.
Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.
Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
Nizomning 26-bandiga ko‘ra quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rad etilishi mumkin:
- pedagog kadrlar tomonidan so‘rovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;
- pedagog kadrlar tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani ma’lum bo‘lib qolganligi;
- so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
- attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning to‘lanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish holatlari bundan mustasno).
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni mazkur bandda ko‘rsatilgan asoslardan boshqa holatlar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nizomning 23-bandiga ko‘ra, pedagog kadr davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqli (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish holatlari bundan mustasno).
Pedagog kadr davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi. Pedagog kadrga bog‘liq bo‘lmagan holatlar (pedagog kadrning vafot etishi, mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishi yoki pedagog kadr bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi tufayli davlat xizmatidan foydalanish zarurati mavjud emasligi) sababli davlat xizmatidan foydalanilmagan taqdirda, to‘langan yig‘im pedagog kadrga yoki uning qonuniy vakiliga qaytariladi.
Nizomning 30-bandiga ko‘ra, hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan hollarda vakolatli vazirliklar tomonidan hujjatlar qabul qilinmaganligi to‘g‘risida davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali pedagog kadrlarga xabarnoma yuboriladi.
Pedagog kadrlar hujjat qabul qilish to‘xtatilgunga qadar kamchiliklarni tuzatgan holda hujjatlarni qayta topshirishlari mumkin. Bunda pedagog kadrdan davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im takroran undirilmaydi.
Nizomning 31-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlardan hujjatlarni qabul qilish har yili 1-mart va 1-oktyabr sanalarida to‘xtatiladi.
Комментарии 5
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi: o‘quvchilar imlosini baholashda yengillik berilishi mumkin
Xalqaro olimpiada g‘oliblariga 17 mlrd so‘mdan ortiq mukofot puli topshirildi
Milliy sertifikat: natijalar bugun chiqadi, yangi imtihonga ro‘yxatga olish ertadan boshlanadi
Dars soatlari elektron platforma orqali taqsimlanadi. Pedagoglar bundan nima kutmoqda?
Тематические новости
Новости
Matematika va fizika o‘qituvchilari attestatsiya testlaridan norozi
2026-yilgi kuzgi attestatsiya sinovlarida matematika va fizika fanlari bo‘yicha berilgan test topshiriqlarining murakkabligi, ularni bajarish uchun ajratilgan vaqt hamda o‘qituvchilar to‘playotgan ballar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
You asked
Attestatsiya vaqtida kompyuter ishlamay qolsa nima qilish kerak?
Attestatsiya jarayonida test topshirayotgan paytimda kompyuter ishlamay qolsa yoki texnik nosozlik sababli testni davom ettira olmasam, bu holatda testni qayta topshirishim mumkinmi?
You asked
Предоставят ли баллы учителям, имеющим национальный сертификат, за 70% надбавку?
Дополнительная надбавка выплачивается только педагогам, принявшим участие в квалификационном испытании (на обоих этапах) и достигшим (или сохранившим) высшую и первую квалификационные категории.
You asked
Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?
Uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.
Русский
Редактировать комментарий