Harbiy xizmatchining farzandini boshqa maktabga ko‘chirishda sinf to‘lganligi vaji bilan rad etish qonuniymi?
Savol
Men o‘quvchini bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirishim kerak. O‘quvchining dadasi harbiy xizmatchi bo‘lib, aynan dadasi xizmat faoliyatini olib borayotgan hududdagi maktabga ko‘chirilishi lozim.
Lekin o‘quvchini qabul qilishi kerak bo‘lgan maktab direktori sinfda o‘quvchilar yetarli, sinf to‘lgan, boshqa o‘quvchini qabul qila olmaymiz, deb rad etmoqda. Bunday rad etish qonun bo‘yicha mumkinmi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktab ta’limi tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorning 1-ilovasi (ma’muriy reglament) 45-bandida o‘qishni ko‘chirish rad etilishi mumkin bo‘lgan hollar sanab o‘tilgan. Ularning birinchisi — umumta’lim maktabida (qabul qilinadigan sinfda) bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmaganlik.
Ikkinchi holat so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumot ko‘rsatilishi bilan bog‘liq. Shu bandning oxirgi xatboshisida boshqa holatlarda o‘qishni ko‘chirish rad etilishi mumkin emasligi belgilangan.
Reglamentning 44-bandiga ko‘ra, maktab ma’muriyati o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda o‘qishni ko‘chirishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi va YIDXP yoki vazirlik portali orqali ariza beruvchiga ma’lumot yuboradi.
Savoldagi holatda direktorning “sinfda o‘quvchi yetarli, sinf to‘lgan” degan sababi 45-bandda nazarda tutilgan birinchi asosga — qabul qilinadigan sinfda bo‘sh o‘rin yo‘qligi holatiga — to‘g‘ri keladi.
Amaldagi hujjatlarda harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun sinf to‘lgan holda ham ularni maktabga qabul qilish bo‘yicha majburiy talab belgilanmagan.
Demak, qabul qilinadigan sinfda bo‘sh o‘rin bo‘lmasa, maktab direktorining o‘quvchini ko‘chirib olishni rad etishi qonunan to‘g‘ri. Bunda rad etish sababi aniq ko‘rsatilgan holda, portal orqali ariza beruvchiga rasmiy javob yuborilishi shart.
Prezidentning 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 199-bandiga ko‘ra, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning farzandlari yashash joyi, shu jumladan vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozli ro‘yxat asosida, o‘rta ta’lim muassasalari, shuningdek vazirliklarning bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga navbatsiz qabul qilinadi.
Biroq qabul qilinadigan sinfda haqiqatan ham bo‘sh o‘rin bo‘lmasa, harbiy xizmatchining farzandini ham sig‘imdan ortiq bo‘lgan sinfga qabul qilish majburiyati qonunchilikda aniq belgilanmagan. Shu sababli bunday holatda maktab direktori 295-son qarorning 45-bandiga asosan o‘quvchini qabul qilishni rad etishi mumkin.
Agar bolaning otasi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi bo‘lsa, uning harbiy xizmat joyi va oilasining shu hududda yashashini tasdiqlovchi hujjatlar bilan hududiy Ta’lim va ilm-fan boshqarmasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Maktab bolani qabul qilishni rad etsa, boshqarmadan ushbu holatda harbiy xizmatchi farzandlariga belgilangan imtiyoz qanday qo‘llanilishi yuzasidan yozma tushuntirish so‘rash lozim.
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
O‘zbekistond 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tishning huquqiy asoslari belgilanmoqda
Maktablarda sport to‘garaklari faoliyati kengaytiriladi: iqtidorli o‘quvchilar “Sport akademiyasi” uchun saralanadi
Mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi
“Xususiy bog‘chalarning nomini o‘zbekchalashtirish kerak” — Sherzodxon Qudratxo‘ja
Тематические новости
Новости
Ayrim davlat maktablarida oyiga 29 mln so‘mlik pullik sinf ochilmoqda, bu Konstitutsiyaga zid
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1–7-sinflariga to‘lov-shartnoma asosida qo‘shimcha sinflarni tashkil etilayotganligi haqida xabar berdi.
Новости
1-sinflar uchun “Prezident sovg‘asi”ni hududlarga tarqatish boshlandi, maktablarga qachon yetkaziladi?
“Prezident sovg‘asi” jamlanmasi tayyorlandi. Bu yilgi jamlanma 12 turdagi o‘quv qurolidan iborat bo‘lib, unga o‘quv sumkasi, 12 ta daftar, ruchka, ikki dona oddiy qalam, 12 rangli qalamlar to‘plami, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, ikki dona o‘chirg‘ich, 12 rangli akvarel bo‘yoqlari, yelim hamda qalamdon kiritilgan.
Новости
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yurituvchi kadrlar bo‘yicha menejer 1-sinfga qabul qilishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Новости
Bolalarni 1-sinfga joylashdagi kadastr muammolari tufayli maxsus shtab tuzildi
Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bolalarni 1-sinfga joylashdagi kadastr bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish maqsadida Respublika bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi.
Русский
Редактировать комментарий