A.Avloniy nomidagi malaka oshirish institutiga matbuot kotibi tayinlandi
Djumaniyazova Muyassar Mamatsheripovna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga Matbuot kotibi – rektorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Muyassar Mamatsheripovna bugunga qadar institutning “Matbuot, media va muzey xizmati” bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar institutda Matbuot kotibi – rektorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi mavjud emasdi. Ushbu lavozim yangi tashkil qilindi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Bir yildan buyon bo‘sh turgan Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga rahbar tayinlandi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, vazirlik huzuridagi Respublika ta’lim markazi direktori lavozimiga Norboyeva Dilshoda Abdunasimovna tayinlandi.
Tayinlov
Surxondaryo “oblono” boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi, uning o‘rniga esa yangi rahbar tayinlandi
Mamadiyev Xusniddin Norboyevich Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Tashpulatov Bekzod Xamitovich esa viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi, TRMga esa boshqa rahbar tayinlandi
Yuliya Vasilyevna Risyukova Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga, Shaxzodbek Karimovich Kurbaniyazov esa Markaz direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlov
Hilola Umarovaning o‘rnini Ilxom Siradjev egalladi
5 oy avvalroq u Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasi loyiha koordinatori lavozimiga ishga o‘tgandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang