Vazir ustamasiga da’vogar bo‘lgan pedagoglar ro‘yxatini kimlar vazirlikka taqdim etadi?
Savol
Assalomu alaykum. O‘qituvchiman, yutuqlarim esa juda ham ko‘p. Vazir ustamasiga da’vogarlik qilmoqchiman. Lekin mening nomzodimni kimlar vazirlikka berishini aniq bilmayapman.
Javob
Vazir jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
2025-yilda esa vazir jamg‘armasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 500 nafar etib belgilandi.
Bunda Bilim va malakalarni baholash agentligi va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan taqdim etiladigan kirish imtihonlaridagi natijalardan kelib chiqib, kvota hududlar va tuman (shahar)lar bo‘yicha taqsimlab bo‘lingach, ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga taqdim etiladi.
Ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash esa har bitta yo‘nalish bo‘yicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan kvotaga nisbatan uch baravar ko‘p nomzodlarni saralash uchun vazirlik (Ishchi guruh)ga taqdim etadi.
Ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha hududiy kengash vakillari kimlar?
- Kengash raisi — hokimlar;
- Kengash raisi o‘rinbosari — hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari.
Asosan shu ikki mas’ul vazir ustamasiga da’vogar bo‘lgan nomzodlar masalasini kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqib, hal qiladi. Kengash tarkibida yuqoridagi ikki mas’uldan tashqari yana 20 nafar mas’ul shaxslar mavjud.
Ular orasida esa prokuror, adliya boshqarmasi boshliqlari, bandlik boshqarmasi boshliqlari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ham mavjud.
Aynan shu tarkibdan iborat hududiy kengashlar nomzodlar ro‘yxatini shakllantirib, vazirlikka taqdim qilganidan so‘ng, ular orasidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlar 2 bosqichda saralanadi.
Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagog kadrlarga vazir jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlash bo‘yicha vazirlik buyrug‘i chiqariladi.
Vazir ustamasini olish shartlari qanday?
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Maktablarda yangi to‘garaklar tashkil etiladi, ular bepul bo‘ladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ish joyi o‘zgarsa, vazir ustamasi saqlanib qoladimi?
Ish joyi o‘zgargan pedagog kadrlar haqida o‘z vaqtida yuqori turuvchi tashkilotga yozma xabar bermaganligi uchun tegishli tashkilot rahbari javobgar hisoblanadi.
Yangiliklar
Bu yil 1696 nafar o‘qituvchiga qariyb 7 mln 500 ming so‘mlik vazir ustamasi beriladigan bo‘ldi
Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan 1 696 nafar malakali pedagog kadrlar ro‘yxati tasdiqlandi. Vazir ustamasi uchun ajratilgan 204 ta joy esa bo‘sh qoldi.
Yangiliklar
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Apellyatsiya yuborish muddatining dastlabki 24 soati yakunlandi. Agar vazirlik qolgan 24 soat davomida ham nomzodlarga apellyatsiya yuborish imkoniyatini bermasa, belgilangan muddat tugashi oqibatida yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqilmay qolishi mumkin.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarning vazir ustamasi pullari kamaytirilmadi
Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama olib kelayotgan bir guruh o‘qituvchilardan xalqtaliminfo.uz’ga murojaat kelib tushdi. Xalqtaliminfo.uz holatni o‘rgandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang