“Turon” maktab teatri tanlovi natijalari ustamaga ball berishda hisobga o‘tmaydimi?
Savol
O‘tgan yili “Turon” maktab teatri tanlovida o‘quvchilarimdan iborat bo‘lgan maktab jamoasi finalda g‘olib bo‘lib, faxrli 2-o‘rinni egallagandi. Menga 2024-2025-o‘quv yilida mazkur tanlovda erishgan o'quvchilarim yutug‘i uchun ustama haq to‘lanayotgan edi.
Lekin ustama noto‘g‘ri tayinlanganligi, “Turon” maktab teatri tanlovi o‘qituvchiga ball berishga asos bo‘lolmasligini bildirishib, menga tayinlangan ustama foizlari olib tashlanishini aytishdi. Shu ish to‘g‘rimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 1-ilova “Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari”ga ko‘ra, tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida pedagog xodim o‘quvchisining ishtiroki uchun ball berilishi nazarda tutilgan.
Bunda o‘quvchilarning natijalari asosida pedagog xodimga quyidagicha ball beriladi:
- O‘quvchilar tuman (shahar) miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 55 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda – 10 ball;
- O‘quvchilar tuman (shahar) miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 70 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda – 20 ball;
- O‘quvchilar tuman (shahar) miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallaganda – 30 ball.
Bunda ustama belgilashda inobatga olinadigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati har yili Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ma’lumki, 2024-2025-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy ta’rif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etiladigan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli ko‘rsatma xati bilan tasdiqlangan.
Mazkur ro‘yxatda esa “Turon” maktab teatr tanlovi ham mavjud. Shu sababli, ushbu tanlovda o‘quvchilari yuqori natijani qayd etgan pedagog xodimga berilgan ballar asosli hisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchiga berilgan ballarni bekor qilib yuborish noqonuniy xatti-harakat hisoblanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘qituvchilarga ustama tayinlashga qanday tadbir va olimpiadalar uchun ball berilishi aniq bo‘ldi
2026-2027-o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda inobatga olishga tavsiya etilgan fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar va tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
So'ragan edingiz
Ikki yil avval malaka oshirgan o‘qituvchiga yangi o‘quv yiliga ustama uchun ball beriladimi?
2024-yilda malaka oshirgan pedagog xodim keyingi besh yil ichida ish beruvchi tomonidan majburiy tarzda malaka oshirishga yuborilishi lozim. Ana shu muddatga qadar esa uning 2024-yilda malaka oshirgani haqidagi sertifikati o‘z kuchida bo‘ladi.
So'ragan edingiz
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 70% ustama to‘liq to‘lanmaydimi?
70 foizlik ustama ularning tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan qo‘shimcha ravishda to‘lab berilishi kerak bo‘ladi.
Yangiliklar
Endi maktabdagi rahbar xodimlar oylik maoshini yana oshirishi mumkin
Maktab direktori va uning o‘rinbosarlari faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarining (KPI) baholash metodikasi va tartibi belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang