Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
20 yil bir maktabda ishlab, kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 million so‘m zarar pullari va tovon pullari undirib beriladigan bo‘ldi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.
Sirdaryolik o‘qituvchi uzoq yillar maktabda ishlab, kasb kasalligiga chalingani ma’lum bo‘ldi. U nafaqa pulini undirish uchun sudga murojaat qildi, chunki tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi kasb kasalligi tufayli nafaqaga chiqqan pedagogning pullarini o‘z vaqtida to‘lab bermadi.
Pedagog xodimning manfaatida sudga da’vo kiritgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Sirdaryo viloyat kengashi esa suddan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan o‘qituvchining foydasiga nafaqa pullarni undirishni so‘ragan.
Qariyb 20 yil bir maktabda o‘quvchilarga saboq bergan o‘qituvchi yillar o‘tgan sayin sog‘lig‘ida muammolar bo‘layotganligini aytib, shifokorlarga murojaat qiladi. Afsuski, tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra shifokorlar unga kasb kasalligiga uchragani va mehnat faoliyatini darhol to‘xtatish zarurligini maslahat berishdi.
O‘qituvchi shunday ham qildi, lekin unga tuman maktabgacha va maktab bo‘limi nafaqa pullarini to‘lamay keldi. Shundan so‘ng, ishni sudga oshirishga to‘g‘ri keldi. O‘qituvchining murojaatiga asos bo‘lgan masala fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudida ko‘rib chiqildi.
Ishni ko‘rish davomida shunisi aniq bo‘ldiki, da’vogar ko‘p yillar davomida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelganligi natijasida kasb kasalligiga uchragan, ya’ni unga surunkali laringit tashxisi qo‘yilgan. Javobgar tashkilotga ham haqiqatan kasaba uyushmasi tomonidan taqdimnoma kiritilgan, tegishli ko‘rsatma xatlar kelib tushgan, lekin ijrosi ta’minlanmagan.
Javobgar taraf esa da’vo arizasidagi summalar fuqaroga to‘lab berilishi lozimligi to‘g‘risida tuman moliya bo‘limiga xat bilan murojaat qilganligini, tashkilot budjet tashkiloti bo‘lganligi sababli keyingi yil xarajatlar smetasiga kiritilgach, ushbu pullar to‘lab berilishini sudga ma’lum qildi.
“Mehnat kodeksida bu qoida aniq belgilab qo‘yilgan. Agar kasb kasalligi yoki mehnat faoliyati natijasida fuqaro zarar ko‘radigan bo‘lsa, unga sog‘lig‘iga zarar yetadigan bo‘lsa, bu to‘lov albatta to‘lab berilishi shart.Shu bois, shu qonunchilikdan kelib chiqib, da’vogarning da’vosini to‘liq qanoatlantirish haqida qaror qabul qilindi”, deydi fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudi raisi Jo‘rabek Xudoynazarov.
Nihoyat, sud yakuniga ko‘ra, o‘qituvchining manfaati qondirilib, 70 million zarar pullari va tovon pullari undirib beriladigan bo‘ldi. Demak, o‘z haq-huquqini yaxshi bilgan o‘qituvchi endilikda unga to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa pullarini hech qanday muammolarsiz olishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
Yangiliklar
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida olti nafar ta’lim sohasi xodimi choyxonada qimor o‘ynab o‘tirgan paytda ushlanib, ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Yangiliklar
Tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga pora so‘ragan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.
Yangiliklar
Samarqand “oblono” boshlig‘i ishdan olindi
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbari Muzaffar Hamdamov aslida iqtidorli o‘quvchilar yuborilishi kerak bo‘lgan “Alvon yelkanlar” bayramiga o‘z o‘g‘li va jiyanini qo‘shib yuborgani uchun ishdan olindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang