Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi ustama hujjatlarini tekshirishga haqlimi?
Savol
Bizning tuman MMTB xodimi maktablardagi ustama hujjatlarini tekshirishni boshladi. Ayrim maktab direktorlaridan ishchi guruh qabul qilgan qarorlarni bekor qilishni talab qilmoqda.
Uning aytishicha, o‘qituvchilarga ustamalar noto‘g‘ri tayinlangan emish. MMTB xodimining bunga vakolati bormi?
Javob
Birinchidan, rahbar va pedagog xodimlar o‘z haq-huquqlarini anglab yetgan holda, o‘zini tekshiruvchiman deb tanishtiradigan har qanday shaxsdan maktabda tekshirish o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan hujjatni talab qilishi lozim.
Ikkinchidan, tekshiruvchi o‘zi kim, qanday lavozimda ishlaydi, uning bu lavozimi ustama hujjatlarini tekshirishga vakolat beradimi, tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha uning qo‘lida buyruq mavjudmi? Mana shu savollarga javob topish kerak.
Uchinchidan, o‘zini tekshiruvchiman deb tanishtirayotgan shaxsning harakatlari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga javob beradimi?
Agar rahbar va pedagog xodimlar bu masala bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lmasa, unda vaziyatni quyidagicha tushuntiramiz:
Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlariga ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda hududiy boshqarma va tuman (shahar) bo‘limlari ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, ular ustama hujjatlarini o‘rganishga haqli emas. O‘qituvchilarga tayinlangan ustamalarni bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatma berishga esa mutlaqo haqli emas.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 9-bandi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2023-yil 26-maydagi PF-79-sonli farmoni bilan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilingan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi maktablarning ustama hujjatlarini tekshirishga haqli emas.
Izohlar 8
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
“Qizil” maktabda ishlayotgan o‘qituvchining shartnoma muddati tugasa nima bo‘ladi?
Shartnoma belgilangan talablarga mos tushmasa, mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan deb topiladi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashning to‘liq tartibi qanday?
Pedagog xodimlar ish faoliyati 9 ta mezon bo‘yicha, jami 100 ballik tizimda baholanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga ustama haq belgilanadi.
To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun hujjat topshirgandim. Ish faoliyatim davomida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlab to‘garak o‘tganman. Ammo “zavuch” bilan direktor unga hech qanday ball berilmaydi deyapti, shu to‘g‘rimi?
O‘qituvchilarning malaka toifasi hisobga olingan holda ustama ballari qayta hisoblanadi
Ishchi guruhlar pedagoglarga qo‘yilgan ballarni qayta hisob-kitob qiladi hamda zarur hollarda ustama tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang